Tata Motors Limited, ilgari Tata Engineering and Locomotive Company (TELCO) – Hindistonning koʻpmillatli avtomobilsozlik kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Mumbay, Maxarashtra, Hindiston da joylashgan. Bu kompaniya hind konglomerati boʻlgan Tata Group tarkibiga kiradi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqaziladigan mahsulotlarga yengil avtomobillar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar, vagonlar, avtobuslar, sport avtomobillari, qurilish texnikasi va harbiy transport vositalari kiradi.

Tata Motors kompaniyasining Hindistonning Jamshedpur, Pantnagar, Laknau, Sanand, Dharwad va Pune regionlarida va shuningdek, dunyoning Argentina, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Tailand kabi davlatlarida avtomobillarni ishlab chiqarish va yigʻish zavodlari mavjud. Shu bilan birga kompaniyaning tadqiqot va rivojlanish markazlari, Hindistonning Pune, Jamshedpur, Laknau, Dharvad va dunyoning Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Ispaniya kabi mamlakatlarida joylashgan. Tata Motors kompaniyasining asosiy shoʻba korxonalari inglizlarning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlmish Jaguar Land Rover (Jaguar va Land Rover avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi) va Janubiy Koreyaning tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tata Daewoo kompaniyalarini sotib olishdi. Tata Motorsda Marcopolo SA (Tata Marcopolo) bilan avtobus ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona, Hitachi (Tata Hitachi Construction Machinery) bilan birgalikda qurilish uskunalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan birgalikda avtomobil komponentlarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan transport vositalar bilan ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonalari mavjud.

1945-yilda lokomotiv ishlab chiqarish uchun asoslangan, 1954-yilda germaniyaning Daimler-Benz AG kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi tijorat avtomobillari ishlab chiqargan va bu hamkorlik 1969-yilda yakunlangan. 1988-yilda Tata Motors kompaniyasi TataMobile kompaniyasiga asos soladi va yoʻlovchi avtomobillari bozoriga kiradi, shu bilan birga 1991-yilda Tata Sierra kompaniyasini tashkil etib birinchi raqobatbardosh mahalliy avtomobilni rivojlantirish imkoniyatiga erishgan birinchi hind ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. 1998-yilda Tata kompaniyasi birinchi toʻliq hind yoʻlovchi Indica nomil avtomobilini taqdim etadi, 2008-yilda esa dunyodagi eng arzon avtomobil boʻlgan - Tata Nano modelini sotuvga chiqardi. Tata Motors 2004-yilda Janubiy Koreyaning yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchisi Daewoo Commercial Vehicles Company ni sotib oldi va 2008-yil Ford kompaniyasidan Jaguar Land Rover avtomobil kompaniyasini sotib oladi.

Tata Motors BSE SENSEX indeksining, Hindiston milliy fond birjasining va Nyu-York fond birjasining tarkibiy qismi boʻlgan (BSE) Bombey fond birjasida roʻyhatga olingan. Kompaniya 2019-yil yakunlari boʻyicha “Fortune Global 500” dunyodagi eng yirik korporatsiyalar roʻyxatida 265-oʻrinni egalladi.

2017-yilning 17-yanvarida Natarajan Chandrasekaran Tata Group kompaniyasining boshqaruv raisi etib tayinlandi. Tata Motors kompaniyasi, 2009 moliyaviy yilda yoʻltanlamas avtomobil vositalari (UV) bozoridagi ulushini 8 foizdan koʻproqqa oshirdi.

Tarix thumb|Tata Sumo (1994–2019)

1945-yilda Tata Motors kompaniyasi lokomotiv ishlab chiqaruvchisi sifatida tashkil etilgan. 1954-yilda Tata Group tijorat transport vositalarini ishlab chiqarish bilan Germaniyaning Daimler-Benz kompaniyasi bilan qoʻshma korxona tuzgandan boshlagan. Tata Motors kompaniyasining tijorat avtomobillari Hindistondagi tijorat avtomobillar bozorida bir necha yil hukmronlik qilgan, 1991-yilda Tata Mobile platformasiga asoslangan krosovverlar Tata Sierrani (SUV) taqdim etdi va yoʻlovchi avtomobillar bozoriga kirdi. Keyinchalik Tata kompaniyasi Tata Estate (1992-yilda avvalgi Tata Mobile asosida stantsiya vagonlari dizayni), Tata Sumo (1994-yilda 5 eshikli SUV) va Tata Safari (1998-yil) kompaniyalarini ishga tushirdi. thumb|Tata Indica (birinchi avlod) 1998-yilda Tata kompaniyasi birinchi toʻliq mahalliy hind yoʻlovchi avtomashinasi boʻlgan Indica model avtomobilini ishga tushirdi. Bu avtomobil dastlab avtomobilchilar tomonidan tanqid qilingan boʻlsa-da, uning benzin tejamkorligi, kuchli dvigatel va agressiv marketing strategiyasi uni Hindiston avtomobilsozlik sanoatining tarixidagi eng koʻp sotiladigan mashinalardan biriga aylantirdi. Indica V2 deb nomlangan avtomobilning yangi versiyasi oldingi versiyaga qaraganda katto oʻzgartirishlar kiritildi va avtomobil tezda istemolchilarning sevimli transport vositasiga aylandi. Tata Motors kompaniyasi, avtomobillarning katta qismini Janubiy Afrikaga eksport qildi. Indica modelinining muvaffaqiyati Tata Motors kompaniyasining rivojlanishida muhim rol oʻynagan .

2004-yilda Tata Motors Daewooʻning Janubiy Koreyadagi yuk mashinalarini ishlab chiqaradigan Daewoo Commercial Vehicles Companyni sotib oldi, keyinchalik Tata Daewoo deb qayta nomladi .

2004-yilning 27-sentyabrda Tata Motors kompaniyasi raisi Ratan Tata Nyu-York fond birjasida Tata Motors listingini nishonlash uchun fondning birinchi qoʻngʻiroqni chaladi.

2005-yilda Tata Motors Ispaniyaning Hispano Carrocera avtobus ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 21 foiz nazorat paketini sotib oldi. Tata Motors oʻzlarining bozor maydonlarini kengaytirishni yangi avtobuslarni (Hispano Carrocera bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan Starbus va Globus) va yuk mashinalarini (Novus, Tata Daewoo shoʻba korxonasi bilan hamkorlikda) joriy etish orqali davom ettirdilar.

2006-yilda Tata kompaniyasi Braziliyada joylashgan Marcopolo kompaniyasi bilan, Tata Marcopolo Bus nomli qoʻshma kompaniyasini tuzdi va bu kompaniya avtobuslar va vagonlarni ishlab chiqara boshladi. thumb|Tata Bolt 2008-yilda Tata Motors kompaniysai Ford Motor Company dan ingliz avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Jaguar va Land Rover kompaniyasini sotib oldi.

2009-yil may oyida Tata kompaniyasi Tata Daewoo bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi Tata World yuk mashinalari lineykasini namoyish etdi. 2009-yil oxirida bu yuk avtomobillar Janubiy Koreyada, Janubiy Afrikada, SAARC mamlakatlarida va Yaqin Sharq bozorlarida sotila boshladi.

2009-yilda Tata kompaniyasi Hispano Carrocera kompaniyasini sotib oladi va bu kompaniyaga toʻliq egalikni qoʻlga kiritadi.

2009-yilda kompaniyaninig "Lucknow" ishlab chiqarish zavodi "Eng yaxshisi" Rajiv Gandi milliy sifat mukofotiga sazovor boʻldi.

2010-yilda Tata Motors Italiyaning Trilix dizaynerlik va muhandislik kompaniyasining 80 foiz ulushini 1,85 million Yevro evaziga sotib oldi. Bu xarid avtomobillar dizaynini va boshqa imkoniyatlarini oshirish maqsadida koʻzlangan kompaniyaning uzoq rejasining bir qismi edi.

2012-yilda, Tata Motors DRDO bilan hamkorlikda futuristik jangovar transport vositalarini ishlab chiqishda taxminan 6 milliard sarmoya kiritganini eʼlon qildi.

2013-yilda Tata Motors kompaniyasi siqilgan havoda harakatlanadigan (MDI fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatellar) va "Mini CAT" deb nomlangan birinchi transport vositasini Hindistonda sotishini eʼlon qildi.

2014-yilda Tata Motors "T1 Prima Truck Racing Championship" deb nomlangan Hindistondagi birinchi Yuk mashinalar chempionatini taqdim etdi.

2014-yilning 26-yanvarida kompaniyaninig boshqaruvchi direktori Karl Slymning jasadi topiladi. U Tata Motors Tailand yigʻilishida qatnashish maqsadida Bangkokdagi Shangri-La mehmonxonasida joylashadi ammo shu mexmonxonaning 22-qavatidan toʻrtinchi qavatigacha yiqilib tushdi.

2015-yil 2-noyabrda Tata Motors Lionel Messini butun dunyo boʻylab kompaniya avtomobillarini ilgari surish va qoʻllab-quvvatlash uchun Nyu-Dehlidagi global brend elchisi etib tayinladi.

2016-yil 27-dekabr kuni Tata Motors Bollivud aktyori Akshay Kumarni tijorat transport vositalarining brend elchisi deb eʼlon qildi.

2017-yil 8-martda Tata Motors Volkswagen kompaniyasi bilan Hindistonning ichki bozori uchun transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro kelishuv memorandumini imzolaganini eʼlon qildi.

2018-yil 3-mayda Tata Motors kompaniyasi aviakosmik va mudofaa biznesining potensialini toʻliqona ochib berish uchun boshqa Tata Group birlashmasiga kiruvchi Tata Advanced Systems kompaniyasiga sotganligini eʼlon qildi.

2019-yil 29-Aprel kuni Tata Motors kompaniyasi Ahmadoboddagi Nirma universiteti bilan Sanand zavodi ishchilari uchun B.Tech. diplom dasturini taminlash maqsadida hamkorlikni yoʻlga qoʻyganini eʼlom qildi.

Faoliyatlari Tata Motors Hindiston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Tailand, Ispaniya va Janubiy Afrikada transport vositalarini ishlab chiqish quvvatlariga ega. Hozir kompaniya, Turkiya, Indoneziya va Sharqiy Yevropa davlatlarida zavodlar qurishni rejalashtirmoqda.

Tata Motors avtomobillari Tata Motors Cars - bu Tata Motors markasi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan Tata Motors boʻlinmasi. Tata Motors Hindistonda ixcham, oʻrta oʻlchamdagi avtomobillar va yordamchi transport vositalari segmentidagi mahsulotlar boʻyicha toʻrtta eng yaxshi yoʻlovchi tashish markasi qatoriga kiradi . Kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish bazasi Jamshedpur (Jarkxand), Pune (Maxarashtra), Laknavu (Uttar-Pradesh), Pantnagar (Uttaraxand), Dharwad (Karnataka) va Sanand (Gujarat) regionlarida joylashgan0. Tata kompaniyasining dilerlik, savdo, xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar tarmogʻi 3500 dan ortiq joylarni oʻz ichiga oladi. Tata Motors kompaniyasining Hindistonning 27 shtatida va toʻrtta Ittifoq hududida joylashgan 195 dan ortiq shaharlarida 250 dan ortiq dilerlik xizmatlari mavjud. U Maruti Suzuki va Hyundaiʼdan keyin uchinchi yirik savdo va xizmat koʻrsatish tarmogʻiga ega. thumb|Tata LPT yuk mashinalari chet el zavodlarida ishlab chiqarilgan Tata shuningdek, Keniya, Bangladesh, Ukraina, Rossiya va Senegalda franchayzing / qoʻshma korxonalardi avtomobillarni yigʻish faoliyatini olib boradi . Tata 4 qitʼaning 26 mamlakatida dilerlik doʻkonlariga ega . Tata koʻplab mamlakatlarda mavjud boʻlib, Hindiston, Bangladesh, Butan, Shri-Lanka va Nepalda Hindiston yarim sharqida katta iste'mol bazasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek Tata kompaniyasining, Italiya, Ispaniya Polsha, Ruminiya , Turkiya, Chili , Janubiy Afrika. Ummon, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Iroq, Suriya va Avstraliyalarda vakolathonalari mavjud.

Tata Daewoo Tata Daewoo (rasmiy ravishda Tata Daewoo Tijorat transport vositalari kompaniyasi va ilgari Daewoo Commercial Vehicle Company) tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchisi boʻlib, kompaniya bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Jeollabuk-do- Gunsan shahrida joylashgan va Tata Motorsning toʻliq filiali xisoblanadi. 2004-yilda Tata Motors tomonidan sotib olingan bu kompaniya Janubiy Koreyadagi ikkinchi yirik tijorat transport vositasi ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi. Bu xaridning asosiy sabablari Hindistondanning tijorat transport vositalari bozoriga qaramligini kamaytirish edi (kompaniya MHCV segmentininig qariyb 94% va yengil tijorat transport vositalarining segmentida 84% atrofida edi) va Daewoo kompoaniyasining ogʻir yuk avtomobil ishlab chiqarish sektoridagi kuchli tomonlaridan foydalanib mahsulot portfelidan kengaytirish edi.

Tata Motors Tata Daewoo bilan birgalikda Novus va World Truck kabi yuk mashinalari va GloBus va StarBus kabi avtobuslarini ishlab chiqarishda ish olib bordi. 2012-yilda Mercedes-Benz, Volvo va Navistar kabi xalqaro brendlarning Hindiston bozoriga kirishi natijasida vujudga kelgan raqobatni yengish uchun Tata Motors raqobatbardosh va yonilgʻi tejaydigan tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni boshladi.

Tata Hispano