Tafakkur oʻyinlari () – 2001-yilda ishlangan Amerika biografik drama filmi. Film mashhur matematik John Forbes Nash Jr hayotiga bagʻishlangan. Rejissor Ron Howard filmni Sylvia Nazarning A Beautiful Mind romani asosida suratga olganSylvia Nasar, A Beautiful Mind, Touchstone 1998.

Filmda bosh rollarni Russel Crowe, Ed Harris, Jennifer Connelly, Paul Bettany, Adam Goldberg va Christopher Plummer ijro etgan. Film 2001-yil 21-dekabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari kinoteatrlarida taqdim etildi. Dunyo boʻylab $313 milliondan ortiq daromad qildi va „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejissor“, „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“ va „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyalari uchun toʻrtta Oscar mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, film „Eng yaxshi aktyor“, „Eng yaxshi film montaji“, „Eng yaxshi pardoz“ va „Eng yaxshi original musiqa“ nominatsiyalari uchun nomzod boʻlgan.

Film tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi, lekin Nash hayotining baʼzi jihatlari, ayniqsa oilasi va nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli haqida notoʻgʻri tasvirlar uchun tanqid qilindi. Biroq, film ijodkorlarining taʼkidlashicha, bu film Nash hayotini aks ettirish uchun moʻljallanmagan edi.

Rollar Russell Crowe John Nash rolida Jennifer Connelly Alicia Nash rolida Ed Harris William Parcher rolida Christopher Plummer doktor Rosen rolida Paul Bettany Charles Herman rolida Adam Goldberg Richard Sol rolida Josh Lucas Martin Hansen rolida Anthony Rapp Bender rolida Jason Gray-Stanford Ainsley Neilson rolida Judd Hirsch Helinger rolida Austin Pendleton Thomas King rolida Vivien Cardone Marcee Herman rolida

Manbalar

Havolalar

Turkum:2001-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Ron Howard filmlari Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Oʻqituvchilar haqidagi biografik filmlar