Shoira Otabekova (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasidir. Qoʻshiqchi sifatidagi ilk debyutini 1998-yil „Muhabbat qasri“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Keyinchalik esa „Dilim uzra“, „Alamli“ va „Yurak“ qoʻshiqlarini aytgan. Otabekova Kvartet guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Digi-digi“ qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.
Hozir Otabekovaning 70 dan oshiq qoʻshiqlari mavjud boʻlib, 25 ga yaqin shu qoʻshiqlarga klip ham olingan. U, shuningdek, „Dilim uzra“, „Seni sogʻindim“, „Leyli“, „Bir oʻzing“, „O yurak“ va „Mening baxtim“ albomlarini ham chiqargan.
Katta sahnaga chiqishiga Ruslan Sharipov sababchi boʻlgan // intervyuTV.
Filmografiyasi + Film Yil Film Rol Izoh 2005 Yangi yil parisi 2018 Muhabbat va nafrat Jasurning opasi
Mukofotlari Shoira Otabekova „Tarona 2004“ da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. „Tarona 2005“ da esa „Estradamiz umidi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritadi.
Manbalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar