„Should’ve Said No“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 2006-yilda eʼlon qilingan Taylor Swift nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Should’ve Said No“ 2008-yilning 19-mayida albomning beshinchi va yakuniy singli oʻlaroq AQSh radiostansiyalarida chiqarilgan. Qoʻshiq matni Swiftning vafosiz sobiq yoriga nisbatan nafrati haqidadir.
Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan. Billboard Hot 100 chartida 33-pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida 1-pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, ashulaning savdosi chaqqon boʻlib, bir milliondan ortiq raqamli nusxada sotilgan hamda Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Chartlar
Haftalik Chart (2008-2009) Oʻrni (Pop 100) 61
Yillik Chart (2008) Oʻrni (Hot Country Songs) 29
Manbalar
Havolalar
Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2006-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar