Andre Romelle Young (; 18-fevral 1965-yilda tugʻilgan) Dr. Dre (Doktor Dre) taxallusi ostida tanilgan amerikalik reper, produser va tadbirkordir. U Aftermath Entertainment va Beats Electronics shirkatlari asoschisi va bosh ijrochi direktoridir. Shuningdek, Death Row Records studiyasi prezidenti hamdir. Dr. Dre musiqadagi karyerasini 1985-yilda World Class Wreckin' Cru guruhi aʼzosi oʻlaroq boshladi. Keyinchalik, Gangsta rap janrida ijod qiluvchi N.W.A musiqiy guruhiga qoʻshilganidan soʻng, shuhrat qozondi. Guruh qoʻshiqlarida koʻcha hayoti zoʻravonliklarini batafsil bayon etish uchun ochiq oydin koʻcha soʻzlaridan foydalangan. 1990-yillar boshlarida, Dre During the early 1990s, Dre hip hopning ostjanri hisoblanmish West Coast G-funk janrlarini ommalashtirishda asos boʻlib xizmat qildi.

Drening ilk yakkaxon studiyaviy albomi — The Chronic (1992) Death Row Records studiyasi bilan chiqarildi. Albom tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozonib, Dreni 1993-yilda albomi eng koʻp otilgan amerikalik artistga aylantirdi. Albomdagi „Let Me Ride“ singli „Eng yaxshi rap yakkaxon ijro“ nominatsiyasida Grammyga, shuningdek, „Nuthin' but a 'Gʻ Thang“ singli koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi. Shu yili u Snoop Doggning ilk studiyaviy albomi boʻlmish Doggystylega produserlik qildi. Shuningdek, oʻgay ukasi Warren G va Snoop Doggning jiyani Daz Dillinger kabi produserlarga hamda Sam Sneed va Mel-Man kabi boʻlajak produserlarga ustozlik qildi. 1996-yilda Dr. Dre oʻzining leybli — Aftermath Entertainmentga asos solish uchun Death Row Recordsni tark etdi. U 1996-yilda Dr. Dre Presents the Aftermath nomli kompilatsiya albomini, 1999-yilda esa 2001 nomli yakkaxon albomini ommaga havola etdi.

thumb|right|200px|Dr. Dre 2008-yilda.

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari The Chronic (1992) 2001 (1999) Compton (2015)

Soundtrack albomlari The Wash (2001)

Hamkorlik albomlari World Class Wreckinʼ Cru World Class (1985) Rapped in Romance (1986)

N.W.A. N.W.A. and the Posse (1987) Straight Outta Compton (1988) 100 Miles and Runnin' (1990) Niggaz4Life (1991) Filmografiyasi + Filmlar Yil Nom Rol Izohlar 1992 Niggaz4Life: The Only Home Video Oʻzi hujjatli film 1996 Set It Off Black Sam epizod rol 1999 Whiteboyz Don Flip Crew #1 epizod rol 2000 Up in Smoke Tour Oʻzi konsert film 2001 Training Day Paul epizod rol 2001The Wash Sean bosh rol 2015 Unity sharhlovchi hujjatli film 2017 The Defiant Ones Oʻzi hujjatli film

+ Videooʻyinlar Yil Nom Rol Izohlar 2005 50 Cent: Bulletproof Grizz Ovoz bergan2020Grand Theft Auto Online: The Cayo Perico HeistOʻziOvoz began; kameo2021Grand Theft Auto Online: The ContractOvoz bergan

Manbalar

Havolalar

Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Hip-hop musiqachilar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Afroamerikalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Afroamerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar