Julian Dennison (2002-yil 26-oktyabrda tugʻilgan) yangi zelandiyalik aktyordir. U aktyorlik faoliyatidagi ilk debyutini 2013-yilda suratga olingan Shopping filmidagi roli bilan boshlagan boʻlib, bu roli ortidan English Film and Television Awardning „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. U Yangi Zelandiyaning eng kassabop filmi sanalmish Hunt for the Wilderpeople (2016) kartinasida Ricky Baker, Deadpool 2 (2018) filmida Russell „Firefist“ Collins hamda Yangi yil yilnomalari 2 filmida Belsnickel rollarini jonlantirgandir. Dennison Lynx va Air New Zealand kabi shirkatlar uchun bir nechta reklama roliklarida qatnashgan. Dennison ilk marotaba MonsterVerse (Maxluqlar olami) franshizasidagi 2021-yilda ekranlarga chiqqan Godzilla vs. Kong kartinasida Josh Valentine qahramonini gavdalantirgan.
Filmografiyasi Film Yil Nomi Roli Izohlar 2013 Shopping Solomon 2015 Paper Planes Kevin 2016 Hunt for the Wilderpeople Ricky Baker Chronesthesia Beni 2018 Deadpool 2 Russell Collins / Firefist2020 The Christmas Chronicles 2 Belsnickel2021 Godzilla vs. Kong Josh Valentine
Televideniya Yil Nomi Roli Izohlar 2016 Funny Girls Oʻzi 2019–present The Strange Chores Pierce (ovoz bergan)
Manbalar
Havolalar
Julian Dennison NZ saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yangi Zelandiyalik erkak aktyorlar