Monique van Vooren (; 1927-yil 25-mart — 2020-yil 25-yanvar) belgiyalik va amerikalik aktrisa va raqqosadir.
Hayoti Monique Belgiyaning Brussel shahrida tugʻilgan boʻlib, otasi — George Bronz (yoki Bronze), onasi — Louise van Vooren. Monique figurali uchish boʻyicha chempion boʻlgan hamda Belgiya goʻzallik qirolichasi unvoniga sazovor boʻlgan. U falsafa va tillarni, jumladan ingliz, italyan, fransuz, nemis, ispan, golland va yunon tillarida soʻzlashishni oʻrgangan. 1946-yilda u ilk marotaba AQShga tashrif buyuradi.
1950-yilda Monique Italiyada aktrisa sifatidagi karyerasini Gianina rolida Leonide Moggi tomonidan suratga olingan „Tomorrow Is Too Late“ kinodramasida boshlagan. U taniqli italiyalik rejissor Pyer Paolo Pasolinining „Dekameron“ filmida rol ijro etdi. Brodveyda van Vooren Jon Murray Andersonning „Almanax“ va „Oydagi odam“ filmlarida rol oʻynagan. 60-yillar oxiri-70-yillar boshlarida u Fransiya, Italiya va AQSh kabi mamlakatlarda suratga tushgan.
Monique van Vooren 2020-yil 28-yanvarda New Yorkda 92 yoshida vafot etdihttps://www.hollywoodreporter.com/news/monique-van-vooren-dead-actress-tarzan-she-devil-batman-dies-at-92-1274182.
Filmografiyasi +YilAsl nomiOʻzbekcha nomi1958GigiGigi1973Sugar CookiesShakarli pechene1957Ten Thousand BedroomsOʻn mingta yotoqxona1968BatmanBatman1959Sunday ShowcaseYakshanba vitrinasi1987Wall StreetWall Street ()1950Tomorrow Is Too LateErtaga juda kech2012Greystone ParkGreystone bogʻi
Manbalar
Havolalar
Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:Belgiyalik aktrisalar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari