Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2024-yildan Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori. 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri. 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi. 2022—2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri.
Biografiyasi 1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
1995—1998 – Oʻzbekiston milliy banki xodimi.
1998—2006 – Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirgan.
2006-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi boʻlgan.
2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan.
2018-yilning 18-may kuni davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimini egallagan.
2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
2021-yil 11-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangan.
2022-yildan 2024-yilgacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida ishlagan. 2024-yil 23-sentyabrda vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlangan. 2025-yil mart oyida migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan Azizbek Toshtemirov korrupsion jinoyatlar va firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. U agentlikda avj olgan korrupsiyada Behzod Musayevni ayblagan. Mukofotlari 2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar