Bahodir Tursunovich Yusupov (1961-yil 16-avgustda tugʻilgan, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat va siyosat arbobi. 2009-yildan 2015-yil 26-noyabrgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2018-yil fevraldan 2019-yil 28-yanvargacha Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri. Ikkinchi va uchinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori etib saylangan.

Biografiyasi 1982-yilda Toshkent davlat texnika universitetini muhandis-texnologiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1982-1984 — Namangan viloyatidagi 2-sonli gʻisht zavodida usta, katta usta. 1984-1986 - Namangan viloyati 15-sonli gʻisht zavodining boʻlim boshligʻi, bosh muhandisi, direktori boʻlgan. 1986-1988 - Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kollektiv xoʻjaligi yoshlar qoʻmitasining kotibi. 1988-1989 — Uchqoʻrgʻon tumani yoshlar qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, ikkinchi kotibi. 1989-1994 — Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kolxozi partiya qoʻmitasi kotibi, boshqaruv raisi oʻrinbosari. 1994-1998 — Uchqoʻrgʻon viloyati „Andijon“ kolxozi boshqaruvi raisi. 1996-1998 - Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining talabasi boʻlgan. 1998-2001 — Uchqoʻrgʻon tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari. 2001-2004 - Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi. 2004-2009 - Chust tumani hokimi. 2009-yil 27-dekabrda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining deputati boʻldi. 2010-2015 - Namangan viloyati hokimi. 2010-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi. 2015-2018 - Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi. 2018-2019 - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri. 2019-2021 — Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimihttps://kun.uz/ru/news/2019/01/28/byvshiy-ministr-selskogo-xozyaystva-stal-xokimom-kasansayskogo-rayona. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. 2021-yildan - Namangan viloyati xalq qabulxonasi mudiri.https://centrasia.org/person2.php?st=1421483773https://m.kun.uz/news/2021/12/20/namanganning-sobiq-hokimi-xalq-qabulxonasi-mudiri-boldi Manbalar

Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari