Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun — 2021-yil 30-yanvar).
Biografiyasi Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilganhttps://qalampir.uz/news/rustam-kholmatov-yana-toshkent-viloyati-%D2%B3okimi-bo'ldi-12832. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2008/12/17/hokim/.
1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2021/01/30/toshvil/.
2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandihttps://president.uz/ru/lists/view/2644. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindihttps://news.rambler.ru/world/46038627-v-uzbekistane-smenili-glavu-tashkentskoy-oblasti/. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan boʻshatish niyati boʻlmaganini lekin, uning oʻzi ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozganini maʼlum qilgan.
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2002-yil 27 avgust)
Manbalar
Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:Toshkent viloyatining hokimlari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari