Abdullo Ubaydulloevich Aslonov (tugʻ. 8-iyul 1984-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.

Biografiyasi Abdullo Aslonov 1984-yil 8-iyulda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2003-yildan 2009-yilgacha Angliyaning uchta nufuzli universitetida tahsil oldi. 2011-yilda bakalavriat, 2014-yilda — Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2010-yilda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyat kengashida toʻgarak rahbari lavozimida ish boshlagan. 2012-yildan 2018-yilgacha „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati, Navoiy viloyati va Markaziy Kengashi ofislarida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining raisi boʻlib ishlagan.

2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyasining raisi boʻldi. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston oʻqituvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar