Qirgʻiziston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari — Qirgʻiziston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo. Tarix Ikki mamlakat oʻrtasida 1991-yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan boʻlib, shundan buyon mustahkam sheriklik rivojlanib kelmoqda. Qoʻshma Shtatlar Qirgʻizistonni qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmatga asoslangan demokratik jamiyatni rivojlantirishda qoʻllab-quvvatlaydi. Afgʻonistondagi NATO koalitsiyasi uchun muhim logistika markazi boʻlgan Manas xalqaro aeroportidagi tranzit markazi Qirgʻizistonda joylashgan.
2012-yilgi AQShning global hisobotiga koʻra, qirgʻizlarning 34 foizi AQSh rahbariyatini maʼqullagan 43 foizi norozi va 23 foizi aniq jabvobi yoʻqligini bildirganU.S. Global Leadership Project Report - 2012 Gallup.
AQShning yordami Qirgʻiziston Respublikasiga zarur iqtisodiy, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi va Fargʻona vodiysida iqtisodiy rivojlanish va nizolarni hal qilishni qoʻllab-quvvatlaydi. Manbalar
Turkum:Qirgʻizistonning ikki tomonlama aloqalari Turkum:AQSHning ikki tomonlama aloqalari