Aktam Ahmadovich Haitov (1974-yil 26-yanvar, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani) — oʻzbek siyosatchisi, 2018-yil 3-avgustdan Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi yetakchisi, 2019-yil dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Iqtisod fanlari nomzodi.

Tarjimai hol Taʼlim 1994-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini „Iqtisodiyot va menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Mehnat faoliyati 1994—2000-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhida ishlagan. 2000—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yigʻma axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, 2005-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2006—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirihttps://centrasia.org/person2.php?st=1167833012, 2014—2016-yillarda „Biokimyo“ AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori, 2017—2018-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimlarida ishlagan. 2018-yil 3-avgustda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining oʻninchi yigʻilishida partiya rahbari (siyosiy kengash ijroiya qoʻmitasi raisi) etib saylandihttps://www.gazeta.uz/ru/2018/08/03/uzlidep/. Shuningdek, u Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashi kengashining raisihttps://centrasia.org/person2.php?st=1167833012. 2019-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Tanqidlar 2019-yilgi Oliy Majlis deputatligi uchun saylov kompaniyasi davrida Aktam Hayitovning „koʻp goʻsht yeyapmiz“ mazmunidagi gaplari koʻplab memlar va muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari