Qozogʻiston — Tojikiston munosabatlari — Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1993-yil 7-yanvarda oʻrnatilgan.
Qiyosiy tavsif Nomi Qozogʻiston Tojikiston Rasmiy nomi Qozogʻiston Respublikasi Tojikiston Respublikasi Gerbi 130px 130px Bayrogʻi Hududi 2,724,900 km² (1,052,100 sq mi) 141,400 km² (55,300 sq mi) Aholisi 18,448,600 9,126,000 Aholi zichligi 7/km² (633/sq mi) 65/km2 (18.1/sq mi) Poytaxti Nur-Sulton Dushanbe Eng katta metropolitan hududi Almati 2,039,376 Dushanbe 864,400 Boshqaruv shakli Unitar Prezidentlik Respublikasi Unitar Prezidentlik Respublikasi Hozirgi rahbar Qosim-Joʻmart Toqayev Imomali RahmonRasmiy tillari Qozoq Tojik YaIM $164.207 milliard $17.640 milliard Tarix Tojikiston elchixonasi Nur-Sulton shahrida 1993-yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozogʻistonning Dushanbedagi diplomatik vakolatxonasi 1998-yil aprel oyida ochilgan va 2001-yil yanvar oyida u elchixona maqomini olgan. Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 1993-yilda Qozogʻiston poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan. Ushbu tashrif davomida Tojikiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar asoslari toʻgʻrisida bitim imzolangan. Tojikiston rahbarining Qozogʻistonga keyingi tashriflari 1995 va 2008-yillarda boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Tojikistonga rasmiy tashriflari 2000-yil iyun va 2007-yil sentyabr oylarida amalga oshirilgan.
1995-yilda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tashkil etildi. Komissiyaning 1998, 2001, 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011-yillarda Qozogʻiston va Tojikiston poytaxtlarida boʻlib oʻtgan yigʻilishlari ikki mamlakat munosabatlarida muhim rol oʻynaydi.
Bugungi kunda Qozogʻistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agybay Dynkenovich Smagulovdir . 2014-yil holatiga koʻra Tojikistonning Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alizoda Nazirmaddir . Manbalar
Turkum:Qozogʻistonning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Tojikistonning ikki tomonlama aloqalari