Ayub Shahobiddinov (1977-yil 26-may, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek rejissyori va ssenariynavisi. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi hamda Doʻstlik ordeni sohibi.

Hayoti Ayub Shahobiddinov 1977-yil 26-mayda Toshkentda tugʻilgan. U 1999-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. Institutni tamomlab, Milliy teleradiokompaniyada telerejissor sifatida faoliyat olib borgan. U televideniyeda ishlab yurgan yillari Moskvadagi ssenariy va rejissorlik oliy kurslariga ariza topshiradi, shundan soʻng ikki yil davomida S.Solovyov va V.Rubinchiking mahorat darslariga qatnashadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, Shahobiddinov Oʻzbekistonga qaytib keladi va oʻz karyerasini Oʻzbekistonning yetakchi kinostudiyalaridan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida boshlaydi.

Faoliyati Uning „Qor qoʻynida lola“ (2003) nomli debyut filmi Toshkentda oʻtkazilgan „Ijodiy Parvoz“ xalqaro festivalida Gran-pri sovrini bilan mukofotlanadi, 2004-yilda Xalqaro Kann kinofestivalida konkursdan tashqari namoyish qilinadi. Bundan tashqari rejissorning kinoplyonkada suratga olingan ilk filmi, „Koʻrgilik“ (2005) ham „Ijodiy parvoz“ xalqaro festivalida namoyish etiladi va keyinchalik filmni Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan „Start“ yoshlar festivalida ham maxsus namoyish etishadi.

2007-yildan boshlab Ayub Shahobiddinovning filmlari dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkazilgan xalqaro festivallarda ishtirok etadi. „Oʻtov“ (2007) filmi Rossiyaning Kinoshok festivalida eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bilan, Turkiyaning Kemri shahrida „Cinemarina“ xalqaro kinofestivalida gran-pri va Toshkentda Milliy kinofestivalda gran-pri bilan mukofotlanadi. Bundan tashqari „Oʻtov“ Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkazilgan „Didor“ xalqaro kinofestivalida maxsus hakam mukofoti bilan va „Oltin minbar“ Xalqaro Musulmon kino festivalida Turkiy kinematografiyaga qoʻshgan hissasi uchun diplom bilan mukofotlanadi. Rejissorning „Parizod“ (2012)https://www.amerikaovozi.com/a/parizod-ayub-shaboddinov-interview/2977617.html filmi ham koʻplab xalqaro kinofestivallar ishtirokchisi va sovrindori boʻlgan. Jumladan Nyu York Yevroosiyo kinofestivali da "Eng yaxshi rejissor" nominatsiyasi bilan, Rossiyada S.Bondarchuk nomidagi „Volokolamskiy rubej“ xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi bilan, MDX, Latviya, Litva va Estoniya uchun Kinoshok festivalida gran-pri bilan mukofotlanadi. „Parizod“ filmi Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etiladi. „Rangsiz tushlar“ (2020) psixologik dramasi Bangladesh „Cinemaking“ xalqaro kinofestivali da eng yaxshi ssenariy nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanadi. Bundan tashqari ushbu film 2021-yilda "Oltin humo" milliy kinotaqdimotning "Eng yaxshi rejissorlik ishi", "Eng yaxshi bastakorlik ishi" va "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyalari boʻycha ham mukofotlandi.

Ayub Shahobiddinov yoshlar orasida oʻzining „Sevinch“ (2004), „Telba“ (2008), „Kechikkan hayot“ (2010), „Turist“ (2013) kabi filmlari va „Artist“ (2016-yil) sitkomi bilan ham mashhur

Filmografiya +FilmYilFestivalMukofotDavlatQor qoʻynida lola2003Ijodiy Parvoz Xalqaro festivaliGran-priSevinch2004Koʻrgilik2005Oʻtov2007Kinoshok Xalqaro festivaliEng yaxshi aktyorRossiyaCinemarina Xalqaro kinofestivaliGran-priTurkiyaToshkent milliy kinofestivaliGran-priDidor Xalqaro KinofestivaliMaxsus hakam mukofotiTojikiston"Oltin minbar" Xalqaro Musulmon KinofestivaliTurkiy kinematografiyaga qoʻshgan xissasi uchunTelba2008Kechikkan hayot2010"Золотой Витязь" Xalqaro festivali"Бронзовый Витязь" sovriniRossiyaEng yaxshi aktyorParizod2012Nyu York Yevroosiyo kinofestivaliEng yaxshi rejissorVolokolomskiy rubejEng yaxshi aktrisaRossiyaKinoshok Xalqaro kinofestivaliGran-priTurist2013"Artist" sitkom2016Rangsiz tushlar2020CinemakingEng yaxshi ssenariyBangladeshOltin humoEng yaxshi rejissorlik ishiEng yaxshi ssenariyEng yaxshi bastakorlik ishi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari