— asosiy binosi Tokioning Koganei shahrida joylashgan yapon animatsiya studiyasi. Studiya oʻzining animatsion badiiy filmlari bilan mashhur. U shuningdek, bir nechta qisqa metrajli filmlar, reklamalar va ikkita telefilm ishlab chiqargan. Studiyaning ramzi Totoro nomli personaj hisoblanib, 1988-yilda „Mening qoʻshnim Totoro“ anime filmidagi mushuklardan ilhomlanib yaratilgan ulkan ruhdir. Studiyaning eng yuqori daromad keltirgan filmlariga „Ruhlar olami“ (2001), „Howl's Moving Castle“ (2004) va „Qoyadagi baliqcha Ponyo“ (2008) kiradi. Studiya 1985-yil 15-iyunda rejissyorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata hamda prodyuser Toshio Suzuki tomonidan Topcraft studiyasida yaratilgan „Nausicaä of the Wind“ (1984) muvaffaqiyatli animesidan soʻng tashkil etilgan.
Studiyaning beshta filmi eng ko‘p daromad keltirgan o‘nta yapon animelari roʻyhatidan joy olgan. „Ruhlar olami“ ikkinchi oʻrinda bo'lib, Yaponiyada 31,68 milliard yen va butun dunyo boʻylab 380 million AQSH dollaridan ortiq daromad keltirgan; Princess Mononoke esa 20,18 milliard yen bilan, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Studiyaning koʻplab asarlari Animage Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Studiyaning beshta filmi Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan. „Ruhlar olami“ filmi 2002 yilda „Golden Bear“ va 2003-yilda „Eng yaxshi animatsion film uchun Akademiya mukofoti“ ga sazovor boʻlgan.
Filmlar Yili Nomi rejissyor 1986 Castle in the Sky Hayao Miyazaki 1988 Mening qoʻshnim Totoro Hayao Miyazaki 1991 Only Yesterday Isao Takahata 1992 Porco Rosso Hayao Miyazaki 1997 Princess Mononoke Hayao Miyazaki 2001 Ruhlar olami Hayao Miyazaki 2004 Howlʼs Moving Castle Hayao Miyazaki 2008 Qoyadagi baliqcha Ponyo Hayao Miyazaki 2020 Earwig and the Witch Gorō Miyazaki 2023 How Do You Live? Hayao Miyazaki
Manbalar