Xadichai Kubro madrasasi (1993—1998-yillarda Eshon Boboxon madrasasi) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ayol-qizlar oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Toshkent shahrida (Oʻzbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, Olmazor dahasiFayziobod koʻchasi 1-uy joylashgan .
Madrasa oʻz faoliyatini 1993-yilda Eshon Boboxon nomi ostida boshlagan. 1998-yilda nomi Xadichai Kubroga oʻzgartirilgan.
Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi musulmonlari uchun oʻrta maʼlumotli dinshunos, odobnoma, boshlangʻich arab tili oʻqituvchisi tayyorlanadi. Oʻqish muddati 3 yil (ilgari 4 yil boʻlgan).
Hozir talabalarga 30 ga yaqin oliy maʼlumotli mudarrislar dars berishmoqda. Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan boʻlib, jami 7 ta oʻquv mashgʻulot xonalari mavjud.
Manbalar
Turkum:Toshkent madrasalari Turkum:Oʻzbekiston oʻrta-maxsus islom oʻquv yurtlari