"Topchubashov markazi" () — Ozarbayjonda tadqiqot markazi. Markaz xalqaro munosabatlar va xavfsizlik sohalarida faoliyat yuritadi.
Tarixi "Topchubashov markazi" 2018-yil aprel oyida siyosat va boshqaruvning turli jihatlari haqida yozuvchi mualliflar uchun onlayn platforma boʻlgan "Politicon" boshqaruv jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Markazning ikki asosiy taʼsischilari Rusif Huseynov (direktor) va Murod Murodov (direktor oʻrinbosari). Markaz Bokudagi “Mintaqashunoslik” jamoat birlashmasi tarkibida faoliyat yuritadi.
Faoliyatlar "Topchubashov markazi"ning faoliyati turli tadqiqot dasturlari faoliyatiga asoslangan. Tadqiqot dasturi xalqaro va ichki siyosat, geosiyosat, xavfsizlik, davlat siyosati va Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo iqtisodiyotini oʻz ichiga oladi. Markazning asosiy maqsadlaridan biri jahon ommaviy axborot vositalarini Ozarbayjondagi yangiliklar, siyosiy jarayonlar va Qorabogʻdagi vaziyatdan toʻgʻri xabardor qilish boʻlib, bu yerda chop etilgan maqolalar Gʻarb OAVlarida e’lon qilingan.Topçubaşov Mərkəzinin fəaliyyəti "Topchubashov markazi" mavjud boʻlgan davrda anjumanlar tashkil etgan, tanlovlar oʻtkazgan, kitoblar chop etishda ishtirok etgan. Markaz shuningdek, turli media-kompaniya va tashkilotlar bilan maslahatchi sifatida ham ishlaydi. Markaz tashabbusi bilan Makedoniya, Serbiya va Bosniyalik jurnalistlar urushdan soʻng Qorabogʻdagi ozod qilingan yerlarga taklif qilindi.
Markaz qoshida bir qancha ommaviy axborot vositalari mavjud. Ular orasida "Topchubashov markazi", "Politicon" va “Sharqa qarash” onlayn platformalari bor. Ommaviy axborot vositalarining asosiy faoliyati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy masalalarni yoritish, turli tahlil va reportajlardir.
Qabul "Topchubashov markazi" Harvard universitetidagi Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari markazining Kaspiy media loyihasida Ozarbayjon uchun tavsiya etilgan manbalar roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonda fan va texnika