Qizil ogohlantirish () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Rawson Marshall Thurber tomonidan suratga olingan jangari va komedik janrdagi AQSh filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Dwayne Johnson, Ryan Reynolds va Gal Gadot jonlantirishgan. Bu film Thurber va Johnson oʻrtasidagi Central Intelligence (2016) va Skyscraper (2018) filmlaridan keyin uchinchi birgaliklikda olingan filmdir.

Filmni dastlab Universal Pictures tomonidan 2019-yilning 8-iyulida chiqarish rejalashtirilgandi, biroq 2019-yilning 8-iyulda Netflix filmni tarqatish huquqini sotib oldi. 2021-yilning 5-noyabridan kinoteatrlarda namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi.

Syujeti Interpol tomonidan chiqarilgan „qizil bildirgi“ jahon miqyosida qidiruvda boʻlganlarni qoʻlga olish uchun global ogohlantirishdir. FQBning eng yaxshi josusi boʻlmish John Hartley (Johnson) Sarah Black (Gadot) tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan oʻgʻrilikni oldini olish va uni qoʻlga tushirish uchun oʻgʻri Nolan Booth (Reynolds) bilan istar-istamas birlashadi.

Rollarda Dwayne Johnson — John Hartley Ryan Reynolds — Nolan Booth Gal Gadot — Sarah Black/Yepiskop Chris Diamantopoulos — Sotto Voce Ritu Arya — inspektor Urvashi Das Ivan Mbakop — Tambwe Vincenzo Amato — direktor Gallo Rafael Petardi — xavfsizlik boʻyicha rahbar Ricci

Musiqasi 2020-yilning 26-fevralida Steve Jablonsky Qizil ogohlantirish filmida bastakor boʻlishini eʼlon qildi. Jablonsky bungacha rejissor Rawson Marshall Thurber bilan Skyscraper (2018) filmida birga ishlagan.

Reaksiya Kassa yigʻimi Netflix tarqatgan filmlarining umumiy kassa yigʻimlari haqida hisobot bermasa-da, sanoat insayderlari Qizil ogohlantirish filmi prokatdagi ilk haftasida $2 million ishlab topganligini taxmin qiladi (kartina 750 ta kinoteatrda namoyish etilgan).

Tanqid Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Red Notice haqida 63 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 foizi filmni ijobiy baholaydi (oʻrtacha reytingi 4.9/10).

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh jangari filmlari