Temurbeklar maktabi — Oʻzbekistonda tashkil etilgan harbiy-akademik litseylar. Ushbu nom 2017—2019-yillarda Respublikadagi barcha harbiy litseylarga (akademik litseylarga) nisbatan qoʻllangan. 2019-yildan esa faqatgina yangi tashkil etila boshlagan harbiy-akademik litseylarga nisbatan qoʻllanilib kelinmoqda. Taʼlim muassasalarining nomi Amir Temur nomiga atab qoʻyilgan.

Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yildagi qaroriga asosan mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi.

Temurbeklar maktablarining roʻyxati

„Temurbeklar maktabi“Negizida yangi „Temurbeklar maktabi“ tashkil etilgan taʼlim muassasalari„Temurbeklar maktabi“ biriktirilgan taʼlim muassasalariManziliOʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fargʻona „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiMudofaa vazirligi harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyiFargʻona davlat universiteti va Qurolli Kuchlar akademiyasiFargʻona shahriOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiQibray „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiOʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Davlat xavfsizlik xizmati institutiQibray shaharchasiOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiToshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litseyQoraqalpoq davlat universiteti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasiNukus shahriOʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Toshkent „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiToshkent „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiMilliy gvardiya harbiy-texnika institutiToshkent shahriOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyiShahrisabz iqtisodiyot kollejiQarshi davlat universiteti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiShahrisabz shahri+

Tarixi Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qabul qilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga Amir Temurga atab „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yilda "Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Quqolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" imzolagan qaroriga muvofiq mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi maktablar Turkum:Oʻzbekiston qurolli kuchlari