„They Donʼt Care About Us“ () — amerikalik xonanda Michael Jackson ijro etgan qoʻshiq. 1996-yilning 16-aprelda Jacksonning 1995-yil chiqarilgan „HIStory: Past, Present and Future, Book I“ deb nomlanuvchi toʻqqizinchi albomining beshinchi singli sifatida chiqarilgan. „They Donʼt Care About Us“ norozilik qoʻshigʻi boʻlib, Jackson yaratgan eng munozarali ashulalardan biri boʻlib keladi. AQSh ommaviy axborot vositalarida qoʻshiq antisemitik ruhda ekani haqidagi iddaolar keng yoritilishi ortidan Jackson bir necha marta tushuntirish berishi va uzr soʻrashiga, rejissor Spike Lee esa (talaffuz: Spayk Li) Jacksonning yonini olib, qoʻshiqni oʻzgartirilgan soʻzlar bilan qaytadan kuylangan versiyasini chiqarishiga turtki boʻlgan. Jackson qoʻshiq antisemitik ruhda ekani haqidagi daʼvolarni rad etgan hamda taqrizchilar beixtiyor yoki ataylab qoʻshiqni notoʻgʻri talqin qilishganini taʼkidlagan.
„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi uchun Lee rejissorligida ikkita hamroh klip olingan. Birinchisi Braziliyaning ikki joyida, xususan, Salvadorning tarixiy shahar markazi hisoblanuvchi Pelurinyoda hamda Rio-de-Janeyroning Santa-Marta nomli favelasida suratga olingan. Favela rasmiylari video ularning obroʻsiga putur yetkazishi hamda Rio-de-Janeyroning 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishiga tahdid solishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli video olinishiga toʻsqinlik qilishga urinishgan. Bunga qaramay, mahalliy aholi xonandani mamnuniyat bilan kutib olgan va klip orqali oʻz muammolari kengroq auditoriyaga koʻrsatilishiga umid qilishgan. Ikkinchi video qamoqxonada suratga olingan boʻlib, undan inson huquqlarining buzilishiga oid koʻplab kadrlar oʻrin olgan.
„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻining bozori chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq barcha Yevropa mamlakatida birinchi oʻntalikka, Chexiya, Germaniya, Vengriya va Italiyada esa birinchi pogʻonaga chiqqan. AQShda esa qoʻshiq „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 30-oʻringacha koʻtarilgan.
„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi Jacksonning 1996-yildan 1997-yilgacha davom etgan, „HIStory World Tour“ deb nomlangan uchinchi va yakuniy konsert dasturi davomida „Scream“ hamda „In the Closet“ qoʻshiqlari bilan popurri oʻlaroq ijro etilgan. Qoʻshiq Jacksonning 2009-yilning iyulidan 2010-yilning martigacha Londondagi „The O2“ arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan „This Is It“ konsert dasturida ijro etilishi kutilgan, ammo xonanda 2009-yilning 25-iyunida toʻsatdan vafot etgani sababli shoular bekor qilingan. 2011-yilning noyabr oyida „They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi „Privacy“ („Invincible“ albomidan) hamda „Tabloid Junkie“ („HIStory“ albomidan) kabi qoʻshiqlar bilan miks qilinib, „Immortal“ albomiga kiritilgan.
Qoʻshiq 2014-2015-yillardagi „Qora tanlilarning hayoti ham muhim“ (inglizcha Black Lives Matter) norozilik namoyishlarida hamda 2020-yildagi namoyishlarda keng qoʻllanilganligi sababli yana eʼtiborga tushdi va yangidan dolzarblashdi.
Treklar roʻyxati Yevropa CD singllari „They Donʼt Care About Us“ — 4:43 „They Donʼt Care About Us (Track Masters Remix)“ — 4:07 „They Donʼt Care About Us (Charles' Full Joint Remix)“ — 4:56 „Beat It (Moby’s Sub Mix)“ — 6:11 AQSh CD singli „They Donʼt Care About Us“ — 4:43 „They Donʼt Care About Us (Charles' Full Joint Mix)“ — 4:56 „They Donʼt Care About Us (Dallas Main Mix)“ — 5:20 „They Donʼt Care About Us (Love To Infinity’s Walk In The Park Radio Mix)“ — 4:46 „They Donʼt Care About Us (Love To Infinity’s Classic Paradise Radio Mix)“ — 4:14 „They Donʼt Care About Us (Track Masters Radio Edit)“ — 3:41 „Rock With You (Frankieʼs Favorite Club Mix)“ — 7:45 „Earth Song (Hani’s Club Experience)“ — 7:55
Jamoa Michael Jackson — yetakchi vokal, yordamchi vokal, urib chaladigan musiqa asbobi, klavishlar, sintezatorlar, produser, sintezator dasturlash, vokal bilan aranjirovka, ritm bilan aranjirovka, torli cholgʻu asboblari bilan aranjirovka Los Angeles Childrenʼs Choir — yordamchi vokal Trevor Rabin — gitara Slash — qoʻshimcha gitara Brad Buxer — percussion, klavishlar, sintezatorlar, sintezator dasturlash Chuck Wild — klavishlar, sintezatorlar, sintezator daturlash Jeff Bova, Jason Miles — klavishlar, sintezatorlar Bruce Swedien — muhandis, miksing Eddie De Lena — assistant muhandislar, miksing Matt Forger, Rob Hoffman — assistant muhandislar Annette Sander — xor bilan aranjirovka
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (1996)Chartoʻrni (Rádio Top 100 Oficiální)1 (Tracklisten)3 Yevropa (European Hot 100)2 (MAHASZ)1 (Íslenski Listinn Topp 40)20 (Musica e dischi)1 (LP3)2 (Music & Media)2 (AFYVE)11 (Swedish Dance Chart)6 Hot Dance Music/Maxi-Singles Sales (Billboard)4
Haftalik chartlar Chart (2006)ChartoʻrniIreland (IRMA)21 (Official Charts Company)26Chart (2009)ChartoʻrniEuropean Hot 100 Singles19 (Media Control Charts)12Hot Canadian Digital Singles49 (Official Charts Company)28 Billboard Hot Digital Songs64Chart (2012)ChartoʻrniChart (2017)Chartoʻrni
Manbalar
Havolalar „They Donʼt Care About Us“ YouTubeda
Turkum:1995-yil qoʻshiqlari Turkum:Michael Jackson qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar