Olim Navkarov (tugʻ. 1983-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi. 2010—2011-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 11 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urganhttps://wikiboard.ru/wiki/Olim_Navkarov.

Hayoti Olim Navkarov 30-mart 1983-yil Toshkent shahrida tavallud topganhttps://news.sportbox.ru/Vidy_sporta/Futbol/Olim-Navkarov-Futbol-03031983.

Faoliyati Olim Navkarov faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. 2007-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Keyin Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida uch mavsum toʻp surganhttps://www.soccer.ru/player/624549.shtml, 2010-yilda u „Qizilqum“da ijara asosida oʻynagan. Keyin „Andijon“, Samarqandning „Dinamo“si, yana Toshkentning „Lokomotiv“, „Olmaliq“, yana „Qizilqum“da oʻynadi. 2015-yilda Olim „NBU-Osiyo“ klubida Birinchi ligada ishtirok etganhttps://www.sports.ru/tags/75270933/. 2016-yilda ham Birinchi liga jamoalari: „Oqtepa“ va „Nurafshon“da oʻynagan.

2010-yildan Olim Navkarov Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlandi. Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Shuningdek, 2011-yil yanvar oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birga 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi. Olim Navkarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 11ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urgan.

Manbalar

Havolalar

Transfermarkt.com Soccerway.com Footballfacts.ru

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:30-martda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari