Nemis ovcharkasi — xizmatchi itlarning zoti boʻlib, 1899-yilda Germaniyada paydo boʻlgan. Nemis ovcharkalari dastlab cho'pon itlari sifatida ishlatilgan. Hozirgi vaqtda nemis ovcharkalari nogironlarga yordam berishadi, qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashadilar, politsiya va armiyada xizmat qiladilar, filmlarda rol o'ynaydilar.
Ko'pincha qo'riqchi itlar sifatida huradigan zotlar ro'yxatida mazkur zot ikkinchi o'rinda turadi.
Zot standarti Nemis ovcharkalari o'rtacha va katta tuzilishga ega bo’lgan itlardir. Boshining yuqori qismidan hisoblaganda, koʻppaklarining balandligi 60-65 sm (24-26 dyuym) va urgʻochi itlar esa 55–60 sm (22–24 duym)ni tashkil qiladi. Nemis ovcharkalarida tana uzunligining boʻyiga nisbati 10: 8 1 ⁄ 2 ni tashkil qiladi.
Nemis ovcharkalari ko'pincha jigarrang-qora yoki malla-qora rangga ega boʻladi. Juni oʻrtacha uzunlikda, junining quyi qismi zich tuzilishgag ega.
Nemis ovcharkalarining o'rtacha umri 10,95 yilni tashkil qiladi.
Sogʻligʻi Vijdonan yondashilmagan naslchilik faoliyati tufayli bu zotda son displaziyasi (19,1%) va degenerativ mielopatiya (36%) kabi tug'ma kasalliklar darajasi ancha yuqori. Miyelopatiyani veterinariya klinikasida soʻlakning DNK testi bilan aniqlash mumkin. Shuningdek, nemis ovcharkalarida qon ivishi meʼyorining buzilishi, oshqozon osti bezi bilan bog'liq muammolar hamda panjalarning yostiqchalarida yorilish holatlari kuzatilishi mumkin.
Nemis ovcharkasining sog'lig'ini yaxshi saqlash uchun itning oziqlanish ratsionida kaltsiy, A va D vitaminlari, omega-3 va glyukozamin miqdorini kuzatib borish muhimdir.
Temperament Taomilga koʻra, nemis ovcharkalari "muvozanatli xarakterga ega, kuchli asab tizimiga ega, o'ziga ishongan, mutlaqo tabiiy, butunlay yaxshi xulqli, ammo diqqatli va nazoratli bo'lishi kerak".
Nemis ovcharkasi bolalar bilan juda yaxshi chiqishadi. Biroq, jarohatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, nemis ovcharkasini bolalar bilan yolg'iz qoldirib boʻlmaydi.
Galereya
Manbalar
Turkum:Uy hayvonlari