Carlo Pedersoli (; 31-oktabr 1929-yil — 27-iyun 2016-yil) Bud Spencer () taxallusi ostida tanilgan italyan aktyori va professional suzuvchidir.

thumb|200px|Spencer 2009-yilda

Hayoti Bud Spencer 1929-yil 31-oktabrda Italiyaning Neapol shahrida dunyoga kelgan. Otasi Alessandro Pedersoli boʻlib, lombardlik kelib chiqishga ega boʻlgan. Onasi — Rosa Facchetti. Spencer 1935-yilda birinchi sinfga borgan. 1937-yilda suzishni boshlagan. 1940-yilda oilasi bilan Rimga koʻchib oʻtgan.

Bud Spencer 2016-yil 27-iyun 86 yoshida Rim shahrida vafot etdi. Spencerning oʻgʻli Giuseppe Pedersolining soʻzlariga koʻra, otasi „oilasi yonida azoblarsiz vafot etgan va soʻnggi soʻzi 'grazieʼ boʻlgan“. Spencer Rim shahridagi Campo Verano qabristonida dafn etildi.

Filmografiyasi Filmlar Hannibal (1959) God Forgives… I Donʼt! (1967) Ace High (1968) Boot Hill (1969) They Call Me Trinity (1970) Blackie the Pirate (1971) Trinity Is Still My Name (1971) All the Way, Boys (1972) Watch Out, Weʼre Mad (1974) Two Missionaries (1975) Crime Busters (1976) Odds and Evens (1978) Iʼm For the Hippopotamus (1979) Who Finds a Friend Finds a Treasure (1981) Go For It! (1983) Double Trouble (1984) Miami Supercops (1985) Troublemakers (1994) The Five Man Army (1969) The Fifth Day of Peace (1969) It Can Be Done Amigo (1972) Flatfoot (1973) They Call Him Bulldozer (1978) The Sheriff and the Satellite Kid (1979) Everything Happens to Me (1980) Banana Joe (1982) Bomber (1982) Superfantagenio (1986)

Televideniye Yil Nom Rol Izohlar 1988-1989 Big Man Jack Clementi 6 qism 1990-1993 Detective Extralarge Jack „Extralarge“ Costello 12 qism 1997 Noi siamo angeli Orso 6 qism 2005 Father Hope Padre Speranza / Father Hope Telefilm 2008 Pane e Olio Laris Qisqa hajmli film 2010 I delitti del cuoco Carlo Banci 10 qism

Manbalar

Havolalar

Bud Spencer rasmiy sayti

Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:Italiyalik erkak aktyorlar Turkum:Italiya sportchilari Turkum:Italiya kinokomediyalari