Wii U 2012-yili Nintendo shirkati tomonidan Wiining vorisi sifatida ishlab chiqarilgan videooʻyin konsolidir. Microsoft kompaniyasining Xbox One va Sony kompaniyasining PlayStation 4 videooʻyin konsollari bilan raqobatlasha oladi.
Wii U HD grafikani qoʻllab-quvvatlaydigan ilk Nintendo konsolidir. Tizimning asosiy kontrolleri Wii U GamePad boʻlib, oʻrnatilgan sensorli ekran, yoʻnalish tugmalari va harakat tugmalari mavjud. Ekran asosiy displeyga qoʻshimcha sifatida yoki qoʻllab-quvvatlanadigan oʻyinlarda oʻyinni bevosita GamePad orqali oʻynashda qoʻllanishi mumkin. Wii U Pro Controller anʼanaviy muqobil sifatida uning oʻrnida qoʻllanishi mumkin.
2019-yil holatiga koʻra, Wii U umumjahon boʻylab 13.56 million nusxada sotilgan.
Oʻyinlar Mario Kart 8
Yana qarang Wii Nintendo Switch
Turkum:Videooʻyin konsollari