Nesthy Petecio (tugʻ. 1992-yil 11-aprel) — filippinlik bokschi, 57 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Filippin terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilgi Jahon chempioni, 2012 va 2015-yillardagi Osiyo chempionati sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori.

Faoliyati 2012-yilda Ulan-batorda (Mongoliya)ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 54 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal sovrindori boʻlgan.

2015-yilda Ulanqabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalga chiqgan, ammo tailandlik Peamwilai Laopeamga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida birinchi raund kolumbiya sportchi Yeni Ariasga yutqazib va Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlagan.

2019-yilda oktyabr oyida Ulan-udeda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida filippinlik sportchi rossiyalik sportchi Lyudmila Voronsovani bir ovozdan magʻlub etib, final uchrashuvini yakunlagan. Natijada, boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi oʻn birinchi Jahon chempionatida u jahon chempionligini qoʻlga kiritganhttps://www.philstar.com/sports/2019/10/14/1960006/petecio-rules-world-too.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 57 kg vazn toifasidagi filippinlik sportchi finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Finalda u Sena Iriega yutqazib, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritganhttps://www.ringtv.com/624883-sena-irie-outpoints-nesthy-petecio-wins-inaugural-womens-featherweight-olympic-gold/.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:11-aprelda tugʻilganlar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Ayol bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Filippin bokschilari