The Cure for Insomnia () 1987-yilda suratga olingan film. „Eng uzun film“ oʻlaroq Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan, ammo ushbu rekord 2006-yilning 23-aprelida Matrjoschka filmi eʼlon qilinishi ortidan yangilangan.
Syujeti Filmda syujet yoʻq: butun uch yarim kun davomida lenta davom etar ekan, aktyor Lee Groban tomoshabinga oʻzining 4080 betlik „Uyqusizlik davosi“ poemasini oʻqib beradi. Bir necha joylarda hikoya birdan heavy metal janridagi videokliplar bilan toʻxtatilgan.
Film namoyishi Premyera 1987-yilning 31-yanvaridan 3-fevraliga qadar Chikago sanʼat institutida toʻxtovsiz namoyish etilgan. U DVD yoki boshqa uy video formatlarida chiqarilmagan va barcha maʼlum nusxalar yoʻqolgan deb hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar Film haqida wisegeek.com saytida
Turkum:1987-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar