M 32 (NGC 221) — Andromeda yulduzlar turkumidagi mitti elliptik galaktika boʻlib, Andromeda galaktikasining (M 31) fazoviy yoʻldoshi. 1749-yilda Le Gentil tomonidan kashf etilgan ().

U Hubble fazoviy teleskopi vositasida E2 galaktikasining namunasi sifatida tasniflangan.

Astrofiziklar Very Large Array radioteleskoplaridan foydalangan holda M32 elliptik galaktikasida M32* supermassiv qora tuynugi borligini ham aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Uning massasi taxm. 2,5 million Quyosh massasiga teng boʻlib, bu Somon yoʻli galaktikasidagi qora tuynuk massasidan (taxminan 4 million Quyosh massasi) kichikdir.

Michigan universiteti astrofiziklari Andromeda galaktikasini (M31) oʻrab turgan yulduzlar yogʻdusining koʻp qismi 2 milliard yil avval Andromeda galaktikasi bilan toʻqnashgan yirik M32p galaktikasi qoldiqlari ekanini hisoblab chiqishdi. Toʻqnashuvdan soʻng galaktikaning qolgan-qutgan yulduzlari M 32 galaktika yoʻldosh koʻrinishida Andromeda galaktikasi atrofida aylanmoqdaThe Andromeda galaxy’s most important merger about 2 billion years ago as M32’s likely progenitor, 2018Туманность Андромеды в прошлом поглотила крупную соседнюю галактику.

Kuzatish usuli thumb|200x200px| M 32 — Andromeda tumanligining yoʻldoshi Unchalik ham katta boʻlmagan, ammo yetarli darajada yorqin hisoblanuvchi elliptik galaktika — bu Andromeda tumanligi (Messier katalogida № 31 sonli obyekt) atrofini kuzatganlar, odatda, ilk qarashda qayd etadigan jihatdir. Eng oddiy diafragmali havaskor teleskopda (linzasining diametri 100 mm+ boʻlgan) ham M 32’ning diffuz-qorishiq tabiati seziladi. U M 31 markazidan yarim daraja janubda yotadi. Kattaroq havaskor teleskoplarda qaralsa, M 32 da deyarli yulduz shaklidagi yadro va yorqinligi asta-sekin yoyilib ketadigan ixcham, biroz oval yogʻdusi koʻzga tashlanadi. Messier katalogi boʻyicha qoʻshnilari Ulkan " Andromeda tumanligi " supergigant spiral galaktika boʻlib, M 32 fizik sunʼiy yoʻldoshdir; M110 — boshqa elliptik galaktika, shuningdek, M31 sunʼiy yoʻldoshi, M 32 ning narigi tomonida joylashgan, choʻzilgan va unchalik yorqin emas.

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Astronomiya