„Donʼt Speak“ (inglizchadan tarjimasi: „Gapirma“) AQShda tuzilgan No Doubt rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 1996-yilning 15-aprelida guruhning Tragic Kingdom nomli uchinchi studiyaviy albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq soʻzlarini guruh solisti Gwen Stefani va uning akasi Eric Stefani (sobiq No Doubt guruhi aʼzosi) yozishgan. Avvalboshda muhabbat haqida boʻlgan ushbu tarona matni bir necha bor oʻzgartirilgan. Soʻngida, Gwen guruhdoshi va sobiq yigiti Tony Kanal bilan yetti yillik munosabatini tugatgagani ortidan qoʻshiq matnini ajralish haqidagi ashulaga oʻzgartirgan.
Mashhur boʻlishiga qaramay, „Donʼt Speak“ Billboard Hot 100 chartidan oʻrin olishga muvaffaq boʻlmadi, ammo Hot 100 Airplay chartida 16 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turdi. AQShdan tashqarida, ashula Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Kanada, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar hit-paradlarida choʻqqiga erishgan (birinchi pogʻonani egallagan) va No Doubt guruhining hit ashulasiga aylangan. Bundan tashqari, „Donʼt Speak“ „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi pop ijro“ nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.
„Donʼt Speak“ qoʻshigʻi Blender jurnalining „Eng buyuk 500 ashula“ roʻyxatida 495-oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Band Hero, Rock Band 2 va Guitar Hero III kabi videooʻyinlarga kiritilgan.
Trek-list UK, European CD single UK cassette single "Don't Speak" – 4:23 "Greener Pastures" (The Beacon Street Collection albomidan) – 5:05
UK, European, Australian and Japanese CD maxi single "Don't Speak" – 4:23 "Don't Speak" (Alternate Version) – 4:23 "Hey You" (Acoustic Version) – 3:25 "Greener Pastures" (The Beacon Street Collection albomidan) – 5:05
UK limited 7-inch vinyl single A. "Don't Speak" – 4:23 B. "Greener Pastures" – 5:05
Reliz tarixi Mamlakat Sana 15-aprel, 1996-yil 30-noyabr, 1996-yil 10-fevral, 1997-yil
Manbalar
Havolalar .
Turkum:1996-yil qoʻshiqlari Turkum:1996-yil singllari Turkum:No Doubt qoʻshiqlari Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar