Portugaliya imperiyasi (), shuningdek, tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverenitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda mavjud boʻlgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan.

Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi va mustamlaka hududlar topish uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida

qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. 1488-yilda Bartolomeu Dias Yaxshi umid burnini aylanib chiqdi va 1498-yilda Vasco da Gama Hindistonga yetib keldi. 1500-yilda Pedro Alvares Kabral boshchiligida Braziliya qirgʻoqlari kashf etildi.

Keyingi oʻn yilliklar davomida portugal dengizchilari Sharqiy Osiyo qirgʻoqlari va orollarini oʻrganishni davom ettirdilar, qalʼalar barpo etdilar. 1571-yilga kelib, Afrika, Yaqin Sharq, Hindiston va Janubiy Osiyo qirgʻoqlari boʻylab Lissabonni Nagasaki bilan bogʻlagan bir qator dengiz postlari vujudga keltirildi. Ushbu savdo tarmogʻi va mustamlakalardagi savdo Portugaliyaning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadining beshdan bir qismini tashkil etib, Portugaliya iqtisodiy oʻsishiga (1500—1800) sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

1580-yilda Ispaniya qiroli Filipp II Portugaliya qirolligi tojini qoʻlga kiritganidan soʻng, keyinchalik tarixshunoslikda Iberiya ittifoqi nomi bilan atalgan Ispaniya va Portugaliya oʻrtasida 60 yillik ittifoq boshlandi. Ispaniya qiroli bir vaqtning oʻzida Portugaliya qiroli boʻlgani sababli, Portugaliya koloniyalari Ispaniyaga dushman boʻlgan uchta Yevropa kuchlari: Gollandiya Respublikasi, Angliya va Fransiya tomonidan koʻplab hujumlarga uchradi. Aholisi boshqalarga nisbatan kamroq boʻlgan Portugaliya oʻzining haddan tashqari kengaytirilgan savdo tarmogʻini samarali himoya qila olmadi va imperiya asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. Oxir-oqibat, Braziliya, imperiya ikkinchi davrining (1663—1825) eng qiymatli mustamlakasi, XIX asrning boshlarida Amerika qitʼasini qamrab olgan mustaqillik harakati toʻlqini natijasida 1822-yil Portugaliyadan mustaqil alohida davlatga aylandi.

Imperiyaning uchinchi davri 1820-yillarda Braziliya mustaqillikka erishgandan keyin portugal mustamlakachiligining yakuniy bosqichini qamrab oladi. Shu vaqtlarga kelib Afrika qirgʻoqlari, Portugaliya Timori, Portugaliya Hindistoni va Portugaliya Makaosida plantatsiya xoʻjaliklari kamaytirildi. 1890-yildagi Britaniya ultimatumi Afrikadagi portugal ambitsiyalarining qisqarishiga olib keldi.

Tarix Boshlangʻich tarix (1139—1415) thumb|1415-yilda Seutaning zabt etilishiga Navigator Genrix boshchilik qilgan va Portugaliya imperiyasiga asos solgan. Portugaliya qirolligiga rekonkista, yaʼni Pireney yarim orolining Al-Andalus arablaridan asta-sekin qaytarib olinishi vaqtida asos solingan. 1139-yilda oʻzini alohida qirollik sifatida eʼlon qilgandan soʻng, Portugaliya 1249-yilda Algarvega qadar yetib borib, Al-Andalus hududini qayta bosib olishni deyarli yakunladi, ammo 1411-yilda Aylon shartnomasi imzolanmaguncha uning mustaqilligi qoʻshni Kastiliya tomonidan tahdid ostida qoldi.

Suverenitetiga ega boʻlgan va boshqa Yevropa davlatlari urushlariga qatnashmagan Portugaliya eʼtiborini chet hududlarga va Shimoliy Afrikaning musulmon yerlariga boʻladigan harbiy ekspeditsiyaga qaratdi. Portugallarning Shimoliy Afrikadagi Mariniy sultonligiga (hozirgi Marokash) hujum qilishlari uchun bir nechta ehtimoliy sabablar bor edi. Avvalo bu hujum islomga qarshi xristian salib yurishini davom ettirish imkoniyati sifatida qaraldi, harbiy sinfga jang maydonida shon-shuhrat va urush oʻljalarini vaʼda qildi va nihoyat, bu Portugaliya savdosini kengaytirish va Portugaliyaning iqtisodiy tanazzulini hal qilish imkoniyati edi.

1415-yilda Shimoliy Afrikaning Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan strategik ahamiyatga ega, Sahroi Kabirdagi oltin va qul savdosining asosiy portlaridan biri boʻlgan musulmon shahri Seutaga hujum qilindi. Seuta egallanishi harbiy muvafaqqiyat edi va Portugaliyaning Pireney yarim orolidan tashqariga kengayishidagi dastlabki qadamlardan biri boʻldiAbernethy, p. 4. Ammo tez orada shaharni qamal qilgan musulmon kuchlariga qarshi himoya qilish Portugallarga qimmatga tushdi.

Birinchi imperiya (1415—1663) Portugaliya bu davrda Atlantika okeanida yangi yerlarni kashf etish bilan mashgʻul boʻldi. Ushbu siyosatning asosiy tarafdori Seutani qoʻlga kiritishda ishtirok etgan va 1460-yilda vafotigacha Portugaliyaning dengiz tadqiqotlarini targʻib qilish va moliyalashda yetakchi rol oʻynagan Navigator Infante Dom Genri edi: Henry, a product of 15th-century Portugal, was inspired by both religious and economic factors.. Oʻsha paytlarda yevropaliklar Afrika qirgʻogʻidagi Cape Bojadordan keyin nima borligini bilishmagan. Genri Afrikadagi musulmonlar hududi qanchalik kengayganini va dengiz orqali Osiyoga yetib borish mumkinmi yoki yoʻqligini bilishni istardi. Uning homiyligi ostida tez orada Atlantika okeanidagi Madeyra (1419) va Azor orollariga (1427) yetib keldi va Portugaliya eksport qilish uchun bugʻdoy ishlab chiqara boshladi. thumb|left|300px|

Portugallarning asosiy maqsadi mustamlakachilik yoki bosqinchilik emas, balki savdo edi. Tez orada uning kemalari Yevropa bozoriga qimmatbaho oltin, fil suyagi, qalampir, paxta, shakar va qullarni olib kelishni boshladi. Qul savdosi, masalan, Lissabonda bir necha oʻnlab savdogarlar tomonidan amalga oshirilgan. Savdo yoʻllarini kengaytirish jarayonida portugal dengiz sayyohlari Afrikaning nomaʼlum qismlarini xaritaga tushirishdi va Hind okeanini oʻrganishni boshladilar. Pero de Kovilho 1487-yilda Hindistonga arab va hindlar bilan birga ekspedidtsiya uyushtirishga harakat qildi va Efiopiyaga yetib bordi. Uning maʼruzasi Lissabonda qiziqish bilan qarshilandiL. S. Stavrianos, The World since 1500: a Global history (1966) pp. 92-93. Afrika qirgʻoqlari boʻylab dastlabki sayohatlar 1443-yilda Genrixning ukasi va qirollikning muvaqqat podshohi Infante Dom Pedro Genrixga Cape Bojador janubidagi yerlarda urush va savdo ishlarini boshqarishni topshirdi. Keyinchalik papalikning Dum Diversas va Romanus Pontifex qarorlari bilan yangi ochilgan yerlarda yakkahokimlik Portugaliyaga berilgan. Yangi yerlarning kashf etilishini tezlashtirgan katta muvaffaqiyat XV asrning oʻrtalarida Yevropada oʻsha paytda boshqa kemalarga qaraganda shamolga qarshi yuradigan karavellaning joriy etilishi edi. Ushbu yangi dengiz texnologiyasidan foydalangan holda, portugal dengizchilari har yili oʻrtacha bir darajaga koʻtarilib, janubiy kengliklarga yetib borishdi. Portugallar 1445-yilda Senegal va Kabo-Verde yarim oroliga kelishdi. thumb|left|upright=1.15|Lázaro Luisning Gʻarbiy Afrika xaritasi (1563). São Jorge da Minaning Gʻarbiy Afrikadagi qalʼa rasmi

Xorijdagi birinchi faktoriya savdo posti 1445-yilda Mavritaniya sohilidagi Arguin orolida musulmon savdogarlarni jalb qilish va Shimoliy Afrikada dengiz sayohatlari yoʻnalishlarida biznesni monopollashtirish uchun tashkil etilgan. 1446-yilda Alvaro Fernandes deyarli hozirgi Syerra-Leonega qadar bosib oldi va 1460-yillarda Gvineya koʻrfaziga yetib bordi. Kabo-Verde orollari 1456-yilda kashf etilgan va 1462-yilda portugallar tomonidan egallangan.

Portugallar 1455-yilda Madeyrada shakarqamishning kengayishi natijasida Sitsiliya va Genuyalik maslahatchilar yordami bilan Yevropada kam uchraydigan shirin tuzni ishlab chiqarishni boshladi. Qullar ayovsiz ishlatilgan va Madeyrada chetdan olib kelingan qullarning ulushi XVI asrga kelib umumiy aholining 10 % ga yetganGodinho, V. M. Os Descobrimentos e a Economia Mundial, Arcádia, 1965, Vol 1 and 2, Lisboa. 1480-yilga kelib Antverpenda Madeyra shakar savdosi bilan shugʻullanadigan yetmishta kema bor edi. 1490-yillarga kelib Madeyra shakar ishlab chiqarish boʻyicha Kiprni ortda qoldirdi. Bartolomeo Markionni kabi shakar savdogarlarining muvaffaqiyati kelajakdagi sayohatlarga sarmoya kiritishga yordam berdi.

1469-yilda shahzoda Genrix vafotidan soʻng va afrikadagi tadqiqotlarning arzimas daromadi natijasida qirol Afonso V Gvineya koʻrfazining bir qismida savdo yuritish huquqini savdogar Fernao Gomesga berdi. Besh yil davomida har yili qirgʻoq boʻylab 100 milya (160 km)ni tadqiq qilgan Gomes Gvineya koʻrfazidagi orollarni, jumladan San-Tome va Prinsipi orollarini kashf etdi va mahalliy aholi oʻrtasida gullab-yashnayotgan allyuvial oltin savdosini topdi, arab va berber bilan uchrashdi. Elmina va Portugaliya oʻrtasidagi savdo oʻn yil davomida oʻsdi. Kastiliya merosxoʻrligi urushi paytida Kastiliya floti ushbu daromadli savdoni nazorat ostiga olishga harakat qildi, ammo 1478-yilgi Gvineya jangida qatʼiy magʻlubiyatga uchradi, bu esa portugallarning ushbu hududdagi nazoratini mustahkam oʻrnatdi. 1473-yilda Fernao Gomes Ekvatorni va 1482-yilda Kongo daryosini Diogo Kao boshchligidagi dengizchilar kesib oʻtdi. Aynan shu ekspeditsiya paytida portugallar birinchi marta Kongo qirolligiga duch kelishdi va u bilan tez orada yaxshi aloqalar oʻrnatildi. 1485—1486-yillarda Cão hozirgi Namibiya hududiga kiruvchi Keyp Krossga ekspeditsiyasini davom ettirdi. thumb|upright=1.35|Marokashdagi portugal mulklari (1415-1769)

1488-yilda Bartolomeu Dias Afrikaning janubiy chekkasida joylashgan Yaxshi umid burnini aylanib chiqdi va bu Ptolemey davridan beri Hind okeani quruqlikka tutashmagan degan qarashning notoʻgʻri ekanligini isbotladi.

Bir vaqtning oʻzida quruqlik orqali ekspeditsiyasini davom ettirgan Pero da Kovilha Efiopiyaga yetib bordi va Hindistonga dengiz yoʻli kashf etilishiga juda yaqin keldi. Portugaliyaliklar Afrika qirgʻoqlarini oʻrganar ekanlar, ular oʻzlarining daʼvolarini koʻrsatuvchi Portugaliya gerbi bilan oʻyilgan bir qator tosh xochlarni qoldirdilar, qalʼalar va savdo markazlarini qurdilar. Ular asosan qul va oltin savdosi bilan shugʻullandilar. Portugaliya bir asrdan koʻproq vaqt davomida Afrikaning dengiz orqali qul savdosi boʻyicha yakkahukmronlikka ega boʻlib, har yili 800 ga yaqin qullarni olib ketishgan. Ularning aksariyati Portugaliya poytaxti Lissabonga olib kelingan va oʻsha davrda poytaxtda qora tanli afrikaliklar aholining 10 foizini tashkil qilgani taxmin qilinadi.

Tordesillas shartnomasi (1494) 1492-yilda Christopher Columbusning Ispaniya uchun Osiyo deb taxmin qilinlagan Yangi dunyoni kashf etishi ispanlar va portugallar oʻrtasida tortishuvlarga olib keldi. Ular oxir-oqibat 1494-yilda Tordesillas shartnomasi orqali oʻzaro Yevropadan chetda boʻlgan Yangi dunyoni taqsimlab olishdi. Biroq, oʻsha paytda uzunlikni toʻgʻri oʻlchash imkoni boʻlmagani uchun, aniq chegara ikki davlat tomonidan 1777-yilgacha bahsli boʻlib kelgan.

Portugallar Diasning Yaxshi umid burniga qilgan sayohatini davom ettirish uchun nega toʻqqiz yil kutishganini aniqlash tarixchilar orasida bahsli hisoblanadi. Ularning taxminiga koʻra sirli ekspeditsiyalar davom ettirilgan. Portugaliyaning Osiyoga dengiz yoʻlini topishdek koʻp yillik maqsadiga nihoyat Vasco da Gama qoʻmondonligidagi ulkan ekspeditsiya aʼzolari erishdi.

Portugallarning Hind okeaniga kirishi