Sufle ( — nafas olishSouffle: Definition de Souffle) fransuzcha yegulik boʻlib, uning asosini koʻpirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirilgan tuxum sarigʻi tashkil etadi.
Tuxum sarigʻi oʻrniga turli xil qaynatilgan va maydalangan masalliqlardan foydalanish mumkin: sabzavotlar (kartoshka, pomidor, makkajoʻxori), sut mahsulotlari (pishloq, tvorog), goʻsht (tovuq, buzoq goʻshti, buzoq jigari). Koʻpincha, mevalar, rezavorlar, shokolad va boshqalardan shirin sufle tayyorlanadi.
Tarixi Sufle haqida eng qadimgi maʼlumot XVIII-asr boshlarida yashagan fransuz oshpazi Vinsent La Shapelga tegishlidir. Suflening rivojlanishi va ommalashishi, odatda, XIX-asr boshlaridagi fransuz oshpazi Mari Antuan Kareme nomi bilan bogʻlanadi.
Turlari Suflening shoʻr ham, shirin ham turlari mavjuddir. Mazali sufle, koʻpincha, pishloq bilan ismaloq, sabzi kabi koʻkatlar vasabzavotlarni oʻz ichiga oladi. Baʼzida toʻyimli chiqishi uchun parranda goʻshti, bekon, vetchina yoki dengiz mahsulotlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Shirin sufle shokolad yoki meva sousi (masalan, limonli yoki malinali) bilan tayyorlanishi mumkin va koʻpincha, shakar kukuni sepib beriladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Poxlyobkin V. V. Sufle // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 344. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3. Ratushniy A. S. Sufle // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 3803—81. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9. Sufle // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 350. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6. Turkum:Oziq-ovqat Turkum:Pishiriqlar Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum:Tuxumli taomlar