Fathulla Masudov – oʻzbek teatr vа kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Shuhrat” medali, "Mehnat shuhrati" ordeni sovrindori.
Tarjimai hol Fatxulla Masudov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tugʻilganFathulla Masudov haqida savol-javob.com. Aktyorning otasi pedagog sifatida, onasi esa farmasevtika sohasida faoliyat yuritgan. U oilada toʻrt aka-ukaning eng kattasi hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach, Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutiga oʻqishga kirdi. Ushbu dargohni1984-yilda tugatgan. 1985-yildan 1986-yilgacha u Ukrainada harbiy xizmatni oʻtaganFathulla Masudov Biografiyasinozim-studio.com. Aktyor oʻz faoliyatini 1986-yilda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida rejissor yordamchisi sifatida boshlagan. Keyinroq u1988-yildan bu teatrda aktyor sifatida oʻz faoliyatini davom ettirganМАСУДОВ ФАТХУЛЛА ЎЗБЕКИСТОНДА ХИЗМАТ КЎРСАТГАН АРТИСТ milliyteatr.uz. Masudov 2015-2020-yillarda Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlagan.
Fathulla Masudov aktyorlik faoliyati davomida hozirgacha koʻplab spektakllar va oʻndan oshiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari bu aktyor dublaj sohasida 500 ga yaqin filmlardagi qahramonlariga ham ovoz berganFathulla Masudov haqida uzsmart.uz. Uning “Choʻqintirgan ota”, “Devdas”, “Gajini” kabi jahon filmlari qahramonlariga bergan ovozi tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan edi. “Shaytanat” serialidagi Anvar obraziga Fathulla Masudov katta mahorat bilan ovoz bergan, bu obrazni uning ovozisiz tasavvur etish nihoyatda qiyin.
Ushbu aktyor oʻzining aktyorlik faoliyati davomida "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" unvoni, “Shuhrat” medali va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan.
Fathulla Masudov 1988-yilda Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev va aktrisa Gulchehra Sa’dullayevalarning Gulira’no ismli qiziga uylangan. Hozirgi kunda ularning ikki oʻgʻil va bir qiz farzandlari bor.
Fathulla Masudov 2020-yilda Toshkentda koronavirusdan vafot etganСкончался заслуженный артист Узбекистана Фатхулла Масудов. Он стал очередной жертвой коронавирусаkun.uzFathulla Ma’sudov vafot etdiqalampir.uz.
Filmografiyasi Quyida Fathulla Masudov surarga tushgan filmlarning xronologik tartibda roʻyxati keltirilganFathulla Ma'sudov haqida buluteka.com.
1990-yil — Tangalik bolalar 1990-yil - Seni izlab 1992-2000-yillar - "Otalar soʻzi - aqlning koʻzi" 1998-yil — Yagona xotira 1998-yil — Kichkina tabib 2003-yil — Dard 2004-yil — Dada 2005-yil — Alvido 2007-yil — Zumrad vа Qimmat 2007-yil — Kichkina odamlar 2010-yil — Meros dirijyor 2010-yil — Sarob 2011-yil — Vatanparvarlar 2011-yil --- Qoʻrgʻoshin 2012-yil — Qovun 2012-yil — Sardor-3 2012-yil — Sovchilar 2013-yil — Oʻkinch 2014-yil — Sehrli qalpoq-2 2014-yil — Avtobus bekatidagi odam 2015-yil — Farhod vа Shirin 2016-yil — Kulba 2017-yil — Nazira 2020-yil — Parokanda
Filmdagi dublyajlari Choʻqintirgan ota - Karlo Rizzi Devdas - Devdas Ghajini - Sanjay Singhanya Baykerlar 3 - Sakhir vа Samar Xonlar Tangri yaratgan juftlik - Surinder “Suri” Sahni / Raj Kapur Shaytanat - Anvar Sevishganlar (2000, hind kinosi) - Raj Arriyan Malhotra Ichkuyov (2008) - Elyor Qalbim oʻgʻrisi (2009) - Qobil (tojik) Oʻzimdan oʻzimgacha (2009) - Narimon
Mukofotlar 1999-yil — “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2003-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni 2014-yil — “Mehnat shuhrat” ordeni. 2020-yil — Madaniyat vа san’at fidokori unvoni 2021-yil — Fidokorona xizmatlari uchun ordeni;
Manbalar
Havolalar
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori koronavirusdan vafot etdi rus.ozodlik.org Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Ma’sudov koronavirusdan vafot etdi asiaplustj.info
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:16-mayda tugʻilganlar Turkum:Dublyaj ustalari Turkum:Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari