"Afsonaviy qiz" — 1980-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikki qismli sovet badiiy telefilmi sanaladi.DYeVUShKA IZ LYeGYeNDI (1980) Kino-teatr.ru

Filmning qisqacha mazmuni Fuqarolar urushi qahramoni Mayna Hasanovaning ayanchli taqdiri xususida.

Mayna shoʻx, shaddod va jasur qiz boʻladi va Buxoroda dunyoga keladi. Otasi ovchilik bilan shugʻullanadigan boʻladi. Mayna otasining uyida emin-erkin voyaga yetadi. Otasi vafot etgach, bechora qiz shariatning shafqatsiz qonunlariga koʻra, uni zoʻrlab Buxoro amirining eng badjahl amaldori Said Valixon haramiga yuborishadi. Oʻsha mahalda Mayna Hasanova 16 yoshda edi. 

Magʻrur va hech narsadan tap tortmaydigan Mayna Hasanova amaldor xonadonida choʻri boʻlishni istamaydi. Johil erning tepkisi sabab homilasidan ajrashi, xoʻrligu azoblarga dosh berolmay erini otib oʻldiradi Shundan keyin u ozodlik yoʻlini tanlab, inqilobchilar safiga qoʻshiladi. U yerda Mayna boy va bosmachilarga qarshi isyon koʻtaradi. U Qizil armiya safiga qoʻshilgan birinchi oʻzbek ayoli edi. Mayna oddiy askarlikdan razvedkachi otliq askarlar bataloni komandiri darajasigacha koʻtariladi. Ammo oxir-oqibat bosmachilar tomonidan ikki qoʻli, koʻkragi, tili kesib olinib, vahshiylarcha oʻldiriladi. Ona vatan uchun koʻrsatgan jasorati uchun Mayna Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi.

Rollarda

Shoira Tursunboyeva — Mayna Hasanova Hamza Umarov — Abdukarim Javlon Hamroyev — Madyarov Yuriy Nazarov — Ivan Shuvalov Quatboy Abduraimov — Valixon Muhammad Rafiqov — Usmonbek Rustam Toʻrayev — Abdulla Nazrulloh Soibov — Zamon Rashid Malikov — Abdulvahob Jamol Hoshimov — Nigʻmat Xabibulla Karimov — Boitbek Yahyo Fayzullayev — Xabib Sharif Kabulov — Qobil Baxtiyor Ixtiyorov — Hakim Oʻktam Luqmonova — Fotima Fedor Kotelnikov — Aleksandr Zelenchuk Xabib Narimonov — Hasan ovchi, Maynaning otasi Zikir Muhamedjonov — Maynaning amakisi Razzoq Hamroyev — Murod Mirzo Vladimir Soshalskiy — amir elchisi Baxtiyor Qosimov — Usmonbekning xabarchisi Roman Xomyatov — Mixail Frunze Vladimir Proxorov — kapitan Evgeniy Krasavsev — Ermolayev, kazak Sagʻdi Tabibullayev — uy egasi

Manbalar

Turkum:Oʻzbekfilm kinostudiyasi telefilmlari