Krisztián Tóth (tugʻ. 1994-yil 1-may, Darmstadt, Hessen, Germaniya) — vengriyalik dzudochi, 90 kg vazn toifasida, Vengriya terma jamoasi aʼzosi. Vengriya chempioni, Yozgi Universiada, Yevropa va Jahon chempionatlari sovrindori. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.
Faoliyati 1994-yil 1-mayda Darmstadtda (Hessen) tugʻilgan. Oʻrta vazn toifasida (90 kg gacha) ishtirok etadi. 2008-yilda kadetlar oʻrtasida Vengriyaning kumush medali va 2009-2010-yillarda chempioni. 2010-2011-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. 2012-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. Ketma-ket besh marta (2011-2015) kattalar oʻrtasida Vengriya chempioni boʻldi. Nufuzli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori. 2019-yilda Neapolda (Italiya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Yozgi Universiada bronza medali sovrindori. Yevropa chempionatining bronza (2014) va kumush (2016) sovrindori. 2014-yilda Chelyabinskda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindorihttps://www.judoinside.com/judoka/49987/Krisztian_Toth/judo-career.
2016-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Olimpiadada u birinchi bahsda keniyalik magʻlub etdi, Ikkinchisida u xitoylik dzyudochi Cheng Xunzhaoga yutqazib qoʻydi va yakuniy 9-oʻrinni egallab, keyingi jangni tark etdihttps://www.olympedia.org/athletes/134371http://olimpia.hu/champdata/details/id/470#ordertype.
2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 90 kg vazn toifasida vengriyalik sportchi turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdihttps://www.ijf.org/judoka/3364.
2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida venger uchinchi oʻrin uchun kurashda mongoliyalik sportchi Gantulgin Altanbaganni magʻlub etib, 90 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdihttps://m4sport.hu/cselgancs/cikk/2021/06/10/toth-krisztian-bronzermes-a-budapesti-cselgancs-vilagbajnoksagon/.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 90 kg gacha vazn toifasida u bronza uchun kurashda rossiyalik dzyudochi Mikhail Igolnikovnihttps://www.insidethegames.biz/articles/1110896/arai-bekauri-judo-tokyo-2020-olympicshttps://index.hu/sport/2021/tokio/2021/07/28/toth-krisztian-bronzerem-cselgancs-tokio-olimpia/.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:1-mayda tugʻilganlar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar