„Oʻzbegim“ — oʻzbekistonlik sanʼatkor Sherali Joʻrayev ijro etgan qoʻshiq. Matni oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub va 1968-yilda yozilgan qasidadan olingan qoʻshiq kuyini Joʻrayevning oʻzi bastalagan. „Oʻzbegim“ Joʻrayev repertuaridagi eng yaxshi tanilgan qoʻshiqlarning biridir.
„Oʻzbegim“ qoʻshigʻi World Music Network britan leybli 2005-yil chiqargan „Oʻrta Osiyo musiqasi boʻyicha umumiy qoʻllanma“ () albomiga kiritilgan.
Tarixi Joʻrayev 1968-yil toʻyda Vohidov qalamiga mansub „Oʻzbegim“ qasidasini eshitib qolgan. Oʻsha yerda sheʼr matnini yozib olgan va kechqurun talabalar yotoqxonasida tuni bilan kuy bastalagan. Ertasi navbatdagi toʻyda qoʻshiqni ilk marotaba jonli tarzda ijro qilgan. Qoʻshiqning yozilishi haqida Joʻrayevning oʻzi bunday yozgan:
Matni
Originali Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, oʻzbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, oʻzbegim.
Soʻylasin Afrosiyobu Soʻylasin Oʻrxun xati, Koʻhna tarix shodasida Bitta marjon, oʻzbegim.
Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki Oʻzluq, Balki Tarxon, oʻzbegim.
Oʻtdilar shoʻrlik boshingdan Oʻynatib shamshirlarin Necha qoon, necha sulton, Necha ming xon, oʻzbegim.
Togʻlaring tegrangda goʻyo Boʻgʻma ajdar boʻldi-yu, Ikki daryo — ikki chashming, Chashmi giryon, oʻzbegim.
Qaysari Rum nayzasidan Bagʻrida dogʻ uzra dogʻ, Chingizu Botu tigʻiga Koʻksi qalqon, oʻzbegim.
Yogʻdi toʻrt yondin asrlar Boshingta tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, oʻzbegim.
Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen — Muqanna, sarbador — sen, Erksevar qon, oʻzbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy, Senga na otash, sanam, Odamiylik dini birla Toza imon, oʻzbegim.
Maʼrifatning shuʼlasiga Talpinib zulmat aro, Koʻzlaringda okdi tunlar Kavkabiston, oʻzbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulugʻbek Koʻragoniy jadvalin, Sirli osmon tokiga ilk — Qoʻydi narvon, oʻzbegim.
Mir Alisher naʼrasiga Aks-sado berdi jahon, Sheʼriyat mulkida boʻldi Shohu sulton, oʻzbegim.
Ilmu sheʼrda shohu sulton, Lek taqdiriga qul, Oʻz elida chekdi gʻurbat, Zoru nolon, oʻzbegim.
Mirzo Bobur — sen, figʻoning Soldi olam uzra oʻt, Shoh Mashrab qoni senda Urdi tugʻyon, oʻzbegim.
Sheʼriyatning gulshanida Soʻldi mahzun Nodira, Siym tanni yuvdi koʻz yosh, Koʻmdi armon, oʻzbegim.
Yigʻladi furqatda Furqat Ham muqimliqda Muqiym, Nolishingdan Hindu Afgʻon Qildi afgʻon, oʻzbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, oʻzbegim.
Ortda qoldi koʻhna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, oʻzbegim.
Boʻldi osmoning charogʻon Tole xurshidi bilan, Boʻldi asriy tiyra shoming Shuʼla afshon, oʻzbegim.
Men Vatanni bogʻ deb aytsam, Sensan unda bitta gul, Men Vatanni koʻz deb aytsam, Bitta mujgon, oʻzbegim.
Faxr etarman, ona xalqim, Koʻkragimni togʻ qilib, Koʻkragida togʻ koʻtargan Tanti dehqon, oʻzbegim.
Oʻzbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! Oʻzligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, oʻzbegim.
Men buyuk yurt oʻgʻlidurman, Men bashar farzandiman, Lek avval senga boʻlsam Sodiq oʻgʻlon, oʻzbegim.
Menga Pushkin bir jahonu Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Koʻksi osmon, oʻzbegim.
Qayga bormay boshda doʻppim, Gʻoz yurarman, gerdayib, Olam uzra nomi ketgan Oʻzbekiston, oʻzbegim.
Bu qasidam senga, xalqim, Oq sutu tuz hurmati, Erkin oʻgʻlingman, qabul et, Oʻzbegim, jon oʻzbegim. Qoʻshiqdagisi 1-band Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, oʻzbegim, Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, oʻzbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, oʻzbegim. Soʻylasin Afrosiyobu Soʻylasin Oʻrxun xati, Koʻhna tarix shodasida Bitta marjon, oʻzbegim.
2-band Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki Oʻzluq, Balki Tarxon, oʻzbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bagʻrida dogʻ uzra dogʻ, Chingizu Botu tigʻiga Koʻksi qalqon, oʻzbegim. Chingizu Botu tigʻiga Koʻksi qalqon, oʻzbegim.
3-band Tuzdi-yu Mirzo Ulugʻbek Koʻragoniy jadvalin, Sirli osmon tokiga ilk — Qoʻydi narvon, oʻzbegim. Mir Alisher naʼrasiga Aks-sado berdi jahon, Sheʼriyat mulkida boʻldi Shohu sulton, oʻzbegim. Mirzo Bobur — sen, figʻoning Soldi olam uzra oʻt, Shoh Mashrab qoni senda Urdi tugʻyon, oʻzbegim. Shoh Mashrab qoni senda Urdi tugʻyon, oʻzbegim.
4-band Ortda qoldi koʻhna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ortda qoldi koʻhna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, oʻzbegim. Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, oʻzbegim.
5-band Qayga bormay boshda doʻppim, Gʻoz yurarman, gerdayib, Qayga bormay boshda doʻppim, Gʻoz yurarman, gerdayib, Olam uzra nomi ketgan Oʻzbekiston, oʻzbegim. Olam uzra nomi ketgan Oʻzbekiston, oʻzbegim. Menga Pushkin bir jahonu Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Koʻksi osmon, oʻzbegim. Lek Navoiydek bobom bor, Koʻksi osmon, oʻzbegim.
6-band Boʻldi osmoning charogʻon Tole xurshidi bilan, Boʻldi asriy tiyra shoming Shuʼla afshon, oʻzbegim. Faxr etarman, ona xalqim, Koʻkragimni togʻ qilib, Koʻkragida togʻ koʻtargan Tanti dehqon, oʻzbegim. Koʻkragida togʻ koʻtargan Usta dehqon, oʻzbegim. Oʻzbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! Oʻzligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, oʻzbegim. Men buyuk yurt oʻgʻlidurman, Men bashar farzandiman, Lek avval senga boʻlsam Sodiq oʻgʻlon, oʻzbegim.
7-band Bu qasidam senga, xalqim, Oq sutu tuz hurmati, Erkin oʻgʻlingman, qabul et, Oʻzbegim, jon oʻzbegim. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sutu tuz hurmati, Erkin oʻgʻlingman, qabul et, Oʻzbegim, jon oʻzbegim. Erkin oʻgʻlingman, qabul et, Oʻzbegim, jon oʻzbegim.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Sherali Joʻrayev qoʻshiqlari Turkum:1968-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar