Vasiliy Georgievich Aleksandrov 1887-yil 24-may, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasida tavallud topgan. 1964-yil 16-yanvar, xuddi shu joyda (Leningrad) vafot etgan. Vasiliy sovet botaniki va o'simliklar anatomiyasi yo'nalishida yetuk shaxs bo'lganA. M. Proxorova - 3-nashr. Sovet Entsiklopediyasi , 1969-yil..

Biografiya 1887-yil 24-mayda Sankt-Peterburgda tug'ilgan. Yoshligida u Imperator Sankt-Peterburg universitetiga o'qishga kiradi va u yerda, o'z bilimlarini yanada mustahkamlab o'qishini muvaffaqiyatli tarzda yakunlaydiakovleva O. V, E. A. Miroslavov (Ilmiy va biografik adabiyotlar 1887-1963).

1910-yillarning oxirida u professorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1920-yilda bir vaqtning o'zida ikkita universitetda - Tbilisi va Tomskda professorlik qiladi, u yerda 1929-yilgacha ishladi. 1929-yilda Vasiliy Aleksandrov Butunittifoq o'simlikchilik institutiga ishga bordi va u yerda o'simlik anatomiyasi laboratoriyasining mudiri etib tayinlandi. 1942-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Botanika institutida o'simliklar anatomiyasi va morfologiya kafedrasi mudiri bo'ldi.

1954-yilda u "O'simliklar anatomiyasi" darsligini nashr etdi, o'sha yilning boshida u o'simliklar anatomistlari maktablarini ochdi. 1964-yil 16-yanvarda Leningradda vafot etdi.

Mukofotlar Mehnat Qizil Bayroq ordeni (06.10.1945)

Ilmiy ishlar Asosiy ilmiy ishlari madaniy va yovvoyi o'simliklarning fiziologik anatomiyasiga: tolali, efirli, kauchuk, yog'li o'simliklar, kartoshka, dukkaklilar, kabi turlariga bag'ishlangan...

U oʻsimliklarning oʻtkazuvchanlik tizimini, kalsiy oksalat kristallarining toʻplanishi va oʻzgarishini, yogʻochlanish va lignifikatsiya jarayonlarini, yashil plastidlarning tuzilishi va funksiyasini, mevalarning tuzilishi va rivojlanishini oʻrgangan. Fiziologik anatomiyaning asosiy tamoyillarini ishlab chiqadi hamda, anatomik xususiyatlardan filogenetik sistematika, genetika va seleksiyada foydalanadi. U barg izlari nazariyasiga katta hissa qo'shdi. Bast tolali oʻsimliklar poyasida tolani “grafik” aniqlash usullari ishlab chiqgan

Manbalar