Vaveldagi qirol qalʼasi — Davlat sanʼat majmuasi () — Polshaning Krakov shahrida joylashgan madaniy muassasaning nomi. Tashkilot muzey va madaniyat muassasasi davlat maqomiga ega. Tashkilot maʼmuriyati Vaveldagi Qirol qalʼasi hududida joylashgan.

Tarixi "Vaveldagi qirol qalʼasi - Davlat sanʼat majmuasi" madaniy muassasasi 1945-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot Madaniyat vazirligi tomonidan qayd qilingan Nizom (Dz.Urz. MKiDN nr 4 poz.7 2000-yil) asosida faoliyat yuritadi.

„Vaveldagi qirol qalʼasi — Davlat sanʼat majmuasi“ Milliy madaniy muassasalar reyestrida (№ 21/92) va muzeylar davlat reyestrida (№ 16/98) roʻyxatga olingan.

Faoliyati Nizomning 1-bobida taʼkidlanganidek, tashkilotning maqsadi eng yuqori darajadagi tarixiy yodgorlik, Polsha xalqining diniy va madaniy merosi, jahon merosining elementi boʻlgan Vaveldagi Qirol qalʼasini asrab-avaylashdan iborat. Tashkilot Vavelning tarixiy ahamiyatini Polsha jamiyatining zamonaviy hayotiga kiritish uchun uni turli jihatlarda namoyon qilishga intiladi. Ushbu maqsadlarga quyidagi vositalar orqali erishiladi:

puxta saralangan sanʼat asarlari va tarixiy yodgorliklarni toʻplash va saqlash; tanlangan sanʼat asarlari va yodgorliklarini konservatsiya qilish va saqlash faoliyati; Polshada va xorijda Vavel haqidagi maʼlumotlarni tarqatish; ilmiy simpozium va konferensiyalar tashkil etish va oʻtkazish; nashriyot, taʼlim va axborot faoliyati; tashkilot tasarrufidagi madaniyat yodgorliklarni tegishli holatda saqlash.

Filiallari

Peskovoy-Qoyadagi qalʼa. Strivshuvdagi uy.

Havolalar

Rasmiy sahifa ) Staut Zamku Królewskiego na Wawelu — Państwowych Zbiorów Sztuki. Załącznik do zarządzenia Nr 35 Ministra Kultury i Dziedzictwa Narodowego z dnia 14.07.2011 ) Turkum:Qalʼalar Turkum:Yodgorliklar Turkum:Krakow Muzeylari Turkum:Vavel