Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Inson huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisidagi konventsiyasi — 1995-yilda tuzilgan xalqaro shartnoma. Hujjatning 38-moddasiga muvofiq, Konventsiya uchta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan soʻng kuchga kiradi. Konventsiyaning 34-moddasiga koʻra, u MDHning Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi 1993-yilda qabul qilingan Nizom bilan uzviy bogʻliq. 2021-yilda Komissiyani tashkil etish boʻyicha ekspertlar guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdiStrani SNG schitayut aktualnim zapusk deyatelnosti Komissii po pravam cheloveka Sodrujestva Ispolkom SNG, 04.03.2021.
1995-1998-yillarda Rossiya, Tojikiston va Belarus tomonidan ratifikatsiya qilingan va ular uchun 1998-yil 11-avgustdan kuchga kirgan; Qirgʻiziston hujjatni 2003-yil 21-avgustda ratifikatsiya qilgan va bu respublikada ham kuchga kirgan. Gruziya, Armaniston va Moldova tomonidan imzolangan, lekin ratifikatsiya qilinmaganInformatsiya o vipolnenii vnutrigosudarstvennix protsedur, neobxodimix dlya vstupleniya v silu Konvensii Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv o pravax i osnovnix svobodax cheloveka.
2001-yilda PACE (Yevropa Parlament assambleyasi) Yevropa Kengashi aʼzolari va nomzod aʼzolariga ushbu konventsiyani imzolamaslik yoki ratifikatsiya qilmaslikni tavsiya qildi. Tashkilotga koʻra, bu konventsiya inson huquqlarini himoya qilishning EKIHga nisbatan zaifroq mexanizmini taklif qiladiPACE Resolution 1249 (2001).
Yevropa Kengashi Vazirlar qoʻmitasi Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudidan Inson huquqlari boʻyicha Yevropa Konvensiyasi hamda MDH konventsiyasi birga kuchda boʻlishiga doir xulosasini soʻradi. Biroq sud bu masala oʻz vakolatiga kirmaydi, degan xulosaga keldiFIRST DECISION ON COURTʼS COMPETENCE TO GIVE AN ADVISORY OPINION.
Manbalar
Havolalar
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Inson huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisidagi konventsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom MDHning Inson huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisidagi konventsiyasi va Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha Yevropa konventsiyasining birgalikda yashashining huquqiy muammolari boʻyicha fikr, Venetsiya komissiyasi, 1998-yil. ) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Inson huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisidagi konventsiya va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konventsiyasining birgalikda mavjudligi PACE hisoboti )
Turkum: Belarus xalqaro shartnomalar Turkum:Qirgʻizistonning xalqaro shartnomalari Turkum: Rossiya Federatsiyasi xalqaro shartnomalari Turkum: XX asrning xalqaro shartnomalari Turkum: xalqaro inson huquqlari hujjatlari Turkum: MDH davlatlari Turkum: 1995-yil qonun Turkum: alifbo tartibida shartnomalar