Disneyland
Disneyland — Kaliforniyaning Anaxaym shahrida joylashgan istirohat bogʻi boʻlib, unga 1955-yilda asos solingan. U Walt Disneyning shaxsan oʻzi loyihasini tayyorlashda va qurilishida qatnashgan yagona parkdir. Walt Disney Disneylendni qurish gʻoyasini 1930-1940-yillarda qizlari bilan turli koʻngilochar bogʻlarga tashrif buyurganidan soʻng oʻylab topdi. U dastlab Burbankdagi studiyalari yonida sayyohlik attraksionini qurishni koʻzlagan edi, ammo u tez orada taklif qilingan joy juda kichik ekanligini tushundi. Stanford tadqiqot institutini oʻz loyihasi uchun tegishli joyni aniqlash uchun, texnik-iqtisodiy asoslash uchun yollaganidan soʻng Disney 1953-yilda Anaxaym yaqinidagi 160 akr (65 ga) maydonni sotib oldi. Parkning kiraverishidan toki chiqish yoʻlagigacha Walt Disneyning shaxsan oʻzi tomonidan tashkil qilingan iqdidorli jamoa tomonidan loyihalashtirilgan. Ular WED Enterprises kompaniyasiga asos solishgan va bugungi Walt Disney Imagineering kompaniyasining asoschisi hamdir. Qurilish 1954-yilda boshlangan va bogʻ 1955-yil 17-iyulda ABC telekanalining maxsus sonida ochilgani eʼlon qilingan. Ochilganidan beri Disneylend kengayish va katta taʼmirlash ishlarini boshidan kechirdi, jumladan, 1966-yilda Yangi Orlean maydoni, 1972-yilda Ayiqlar mamlakati, 1993-yilda Mickey’s Toontown va 2019-yilda „Star Wars: Galaxy’s Edge“ qoʻshildi. 2001-yilda ochilgan. Disney Kaliforniya sarguzashtlari parki Disneylendning eski avtoturargohi oʻrnida qurilgan. thumb|475x475px|Walt Disney 1946-yil Disneylend dunyodagi boshqa parklarga qaraganda koʻproq tashrif buyuruvchilarga ega, u ochilganidan beri (2018-yil dekabr holatiga koʻra) 726 million kishi tashrif buyurgan. 2018-yilda parkga taxminan 18,6 million kishi tashrif buyurdi, bu esa uni oʻsha yili dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan „Sehrli Qirollik“ parkidan keyin ikkinchi oʻrinni egallashiga imkon berdi.https://web.archive.org/web/20190607222921/http://www.teaconnect.org/images/files/328_669153_190522.pdf 2005-yildagi Disney hisobotiga koʻra, Disneylend kurortida 65 700 kishi ishbilan taʼminlandi, jumladan 20 000 ga yaqin Disney xodimlari va 3 800 ta koʻngilli xodimlari (mustaqil pudratchilar yoki ularning xodimlari).https://thewaltdisneycompany.com/ Disney 2019-yilda „Project Stardust“ ni eʼlon qildi, unda tashrif buyuruvchilar soni koʻproq boʻlishi hisabga olingan holda hodimlar sonini koʻpaytirish koʻzda tutilgan edi Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal Aviatsiya maʼmuriyati Disneylend va Sleeping Beauty Qal’asi atrofidagi baʼzi hududlarda taqiqlangan havo hududi zonasi deb eʼlon qildi. Ushbu zonada hech qanday samolyot, jumladan, reaktiv va uchuvchisiz uchish qurilmalari uchishi mumkin emas; bu daraja faqat Walt Disney World, Qoʻshma Shtatlardagi boshqa muhim infratuzilma boʻlaklari (harbiy bazalar, Pantex) va Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Vashingtondan tashqari hech kimga berilmagan.https://tfr.faa.gov/save_pages/detail_4_3635.html
Tarixi Disneylend gʻoyasi Walt Disneyga qizlari Diana va Sheron bilan Los-Anjelesdagi Griffit Parkiga tashrif buyurganida paydo boʻlganhttps://www.disneyinternational.com/. Ularning maydonda sayr qilishlarini tomosha qilar ekan, u kattalar va ularning bolalari birga borib, hordiq chiqarishi mumkin boʻlgan joy haqidagi gʻoyani oʻylab topdi, ammo oʻyini amalga oshirishga shoshilmaydi.https://www.sfgate.com/disneyland/article/This-is-the-exact-spot-in-LA-that-inspired-15644142.php Disney rejalarining dastlabki qoralamasini 1948-yil 31-avgustda produseri Dik Kelsigakoʻrib chiqish uchun yuborodi, u yerni Disney oʻzining va Ward Kimbolning AQShga sayohati paytida qilgan eslatmalariga asoslanib, „Mikki Sichqoncha Parki“ deb atagan.https://www.waltsapartment.com/walts-first-vision-of-disneyland/ Odamlar Walt Disneyga Disneylendda joy buyurtma qilish uchun buyurtma berish maqsadida xat yozishganda, u dastlab park birvarakayiga buncha tashrif buyuruvchiga xizmat koʻrsata olmasligini aytib uzr soʻraydi va Burbank yaqinida sayyohlar uchun yangi maydoncha qurish haqida turli gʻoyalarni ilgari sura boshladi. Tez orada Disneylend qayiqda sayr qilishdan tashqari yana boshqa koʻngilochar joylarga ega kichik oʻyin parkiga aylandi. Parkning dastlabki nomi, Mikki Sichqoncha Parki deb atalgan va Riverside Drive boʻylab janubdagi sakkiz gektar (3,2 ga) choʻzilgan.https://www.google.com/books/edition/Walt_Disney/41e-Ru0wRkEC?hl=en&gbpv=1&pg=PA497&printsec=frontcover Uning dizaynerlari ushbu loyiha ustida ishlay boshladilar, lekin loyihada yer masalasida muammolar bor edi .Walt Disney parkning kelgusidagi oʻsish suratlarini hisobga olgan holda parkni joylashtirish uchun munosib hududni aniqlash uchun Stenford tadqiqot institutidan Xarrison Prays ismli mutaxassisini yolladi. Prays tahliliga asoslanib (buning uchun u 2003-yilda Disney afsonasi sifatida tan olinadi), Walt Disneyni qoʻshni Orinj okrugidagi Los-Anjeles janubi-sharqidagi Anaxaym shahridan 160 akr (65 gektar) apelsin bogʻlari va yongʻoq daraxtlarini sotib olishga undadi.http://www.justdisney.com/disneyland/history.html Dastlab Walt Disney tomonidan koʻrib chiqilgan kichik Burbank hududida endilikda Walt Disney Animation Studios va ABC Studios joylashgan. thumb|318x318px|Walt Disney (markazda) rasmiylariga Disneylendning joylashuvi rejalarini koʻrsatmoqda, 1954-yil dekabr Mablagʻ olishdagi qiyinchiliklar Walt Disneyni mablagʻ yigʻishning yangi usullarini oʻrganishga undadi va u Disneylend nomli shou yaratishga qaror qildi. U oʻsha paytda yangi paydo boʻlgan ABC telekanalida efirga uzatilgan. Buning evaziga tarmoq parkni moliyalashtirishga yordam berishga rozi boʻldi. Faoliyatining dastlabki besh yilida Disneylend Disneylend Inc.ga tegishli boʻlib, u Walt Disney Productions, Walt Disney, Western Publishing va ABC kompaniyalariga birgalikda tegishli edi.https://archive.org/details/disneywar00jame_0 Bundan tashqari, Disney AQShning Main Streetdagi koʻplab doʻkonlarini xorijiy kompaniyalarga ijaraga bergan. 1960-yilga kelib, Walt Disney Productions boshqa barcha aktsiyalarni sotib oldi, ammo hamkorlik allaqachon ABC bilan uzoq muddatli munosabatlarga olib keldi, bu oxir-oqibat 1990-yillarning oʻrtalarida Walt Disney kompaniyasining ABCni sotib olishi bilan yakunlanadi. Qurilish 1954-yil 16-iyulda boshlangan va yakunlanishi uchun 17 million dollar sarflangan (2020-yilda 133 million dollarga tenghttps://en.m.wikipedia.org/wiki/GDP_deflator). Park bir yil va bir kundan keyin ochildi.https://www.latimes.com/archives Disneylend kutilayotgan tirbandlikka tayyorgarlik koʻrish uchun park qurilishi tugaguniga qadar avtomagistralga yana ikkita qator qoʻshishga qaror qildi. Ochilish kuni Disneylend 1955-yil 17-iyul, yakshanba kuni boʻlib oʻtgan „International Press Preview“ tadbirida ochilgan, u faqat taklif etilgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq edi. Tadbirga 28 000 kishi tashrif buyurgan boʻlsa-da, ularning yarmiga yaqini taklif qilinganlar, qolganlari qalbaki chiptalar sotib olganhttp://www.justdisney.com/Features/disneyland_opening/index.html yoki hatto panjaradan oshib, parkga yashiringan kishilar edihttps://www.mouseplanet.com/11243/When_Did_Disneyland_Open_July_17_or_July_18. Ertasi kuni u yigirmata diqqatga sazovor joylarni oʻz ichiga olgan jamoatchilikka ochildi. Yakshanba kungi maxsus tadbirlar, jumladan bagʻishlov butun mamlakat boʻylab televideniyeda namoyish etildi va Walt Disneyning Gollivuddagi uchta doʻsti: Art Linkletter, Bob Kammings va Ronald Reyganlar hamrohligida bu ishni qildi.https://www.pbs.org/wgbh/americanexperience/features/reinventing-american-amusement-park/ ABC telekanali tadbirni jonli efirga uzatdi, uning davomida koʻplab mehmonlar telekamera kabellari orqali qoqilib ketishdi.https://en.m.wikipedia.org/wiki/Special:BookSources/0-9640605-6-6 Ikki qatorli Harbor bulvari shassesida tirbandlik paydo boʻldi. Harorat gʻayrioddiy yuqori 101 °F (38 °C) edi va mahalliy sanitariya-tesisatchilarning ish tashlashi tufayli Disneyga ichimlik suvi uchun favvoralar yoki ishlaydigan hojatxonalarni tanlash imkoniyati berildi. U koʻplab ichimlik buloqlarini quruq qoldirib, ikkinchisini tanladi. Pepsi parkning ochilishiga homiylik qilganidan beri bu salbiy reklamalarni keltirib chiqardi; hafsalasi pir boʻlgan mehmonlar ishlamay qolgan favvoralar soda sotishning beadab yoʻli ekanligiga ishonishdi, boshqa sotuvchilar esa oziq-ovqatsiz qolishdi. Oʻsha kuni ertalab toʻkilgan asfalt yumshoq boʻlib, unga ayollarning baland poshnali tuflisi botib ketardi. Baʼzi ota-onalar oʻz farzandlarini yelkalariga mingashtirib olishdi. Keyingi yillarda Walt Disney va uning 1955-yildagi oʻsha kunni1955-yil 17-iyuldagi „Qora yakshanba“ deb atashgan. Yomon oʻtgan ochilish marosimidan soʻng Walt Disney ishtirokchilarni Disneylendni aslida qanday joy ekanligini anglash uchun „ikkinchi kun“ ga taklif qildi.
17-iyul dastlabki tanishuv sanasi hisoblangan, 18-iyul esa rasmiy ochilish kuni edi. Oʻshandan beri telekoʻrsatuv xotiralari tufayli kompaniya 17-iyulni rasmiy sana sifatida qabul qildi, bu har yili Disneylendning tugʻilgan kuni sifatida nishonlanadi. 1950 va 1960-yillar thumb|305x305px|Disneylendning havodan koʻrinishi, 1963-yil 1959-yil sentabr oyida Sovet Ittifoqining birinchi kotibi Nikita Xrushyov AQShda oʻn uch kun boʻlib, ikkita iltimos bilan boʻldi: Disneylendga tashrif buyurish va Gollivudning eng yaxshi aktyori boʻlgan Jon Ueyn bilan uchrashish. Sovuq urush davridagi keskinlik va xavfsizlik muammolari tufayli uning Disneylendga tashrif buyurishi taqiqlandi.https://srbpodcast.org/2009/07/24/nikita-khrushchev-doesnt-go-to-disneyland/ Eron shohi va imperator Farah 1960-yillar boshida Walt Disney tomonidan Disneylendga taklif qilingan.https://en.m.wikipedia.org/wiki/Disneyland Bu vaqtda Afro-amerikalik xodimlarning etishmasligi boʻyicha motadil tortishuvlar bor edi. 1963-yilning oxirlarida fuqarolik huquqlari faollari Disneylendga qora tanlilarnihttps://www.nytimes.com/2010/12/26/opinion/26rich.html yollash uchun bosim oʻtkazishgan, rahbarlar esa bu soʻrovlarni „koʻrib chiqish“larini aytishgan.Galber, Neal (2006). Walt Disney: The Triumph of American Imagination. New York: Alfred A Knopf.
Disneylendda Casa de Fritos loyihasining bir qismi sifatida parkda tashlab ketilgan eski buyumlarni qayta ishlash uchun "Doritos" (ispancha „kichik oltin narsalar“) loyihasini yaratilgan. Frito-Lay kompaniyasi buyumning mashhurligi sababli bunday buyumlar 1964-yilda mintaqaviy, keyin esa 1966-yilda butun mamlakat boʻylab sotishni boshladi. 1980-yilla 1985-yil 5-dekabrda Disneylend faoliyatining 30 yilligini nishonlash uchun Skyfest bayrami doirasida Disneylend bilan chegaradosh koʻchalar boʻylab bir million sharlar uchirildi.https://www.latimes.com/archives/la-xpm-1985-12-06-me-674-story.html 1990-yillar 1990-yillarning oxirida park va mehmonxonaning mulkini kengaytirish ishlari boshlandi. Disneylend parki, Disneylend mehmonxonasi, asl avtoturargoh joylashgan joy va uning atrofidagi mulklar Disneylend kurortining bir qismi boʻlish uchun moʻljallangan edi. Oʻsha paytda Disney California Adventure koʻngilochar parki, Downtown Disney nomli savdo, ovqatlanish va koʻngilochar majmuasi qayta taʼmirlangan va Disney Grand Californian Hotel & Spa sotib olinib brendini oʻzgartirish amalga oshirilgan. Pan Pacific mehmonxonasi Disneyning Paradise Pier mehmonxonasi sifatida faoliyatini qayta boshlagan. Bogʻning nomi qurilayotgan kattaroq majmuadan farqlash uchun „Disneylend bogʻi“ deb oʻzgartirildi. Mavjud avtoturargoh (Disneylendning janubi) ushbu loyihalar asosida oʻzgartirilganligi sababli, shimoli-gʻarbiy burchakda olti darajali, 10 250 oʻrinli Mickey and Friends avtoturargohi qurilgan. 2000-yilda qurib bitkazilgandan soʻng u Qoʻshma Shtatlardagi eng katta mashinalar toʻxtash joyi boʻldi.https://www.forbes.com/2008/04/10/parking-automobiles-retail-biz-logistics-cx_ew_0410parking_slide.html?sh=4d65d7fe22a1