„Qoʻrgʻoshin“ – badiiy filmi oʻzbek rejissori Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan film. Film Stalin zamonida qatagʻon qilingan adib va olimlar xotirasiga bagʻishlangan.

Filmning qisqacha mazmuni Ushbu filmdagi asosiy voqea-hodisalar 1952–1953-yillardagi kuz va qish oylariga toʻgʻri keladi. Film qahramonlari – DXV (Davlat xavfsizlik vazirligi)ning eng yuqori pogʻonalarida xizmat vazifasini bajaruvchi ikki jangchi doʻst boʻlishadi. „Qoʻrgʻoshin“ – ulardan birining laqabi edi. Mazkur filmda I. V. Stalinning oʻlimi arafasida Oʻzbekistondagi ahvol haqida soʻz boradi. Ikki jangchining biri ukasiga yomonlik istamagani uchun oʻlimni afzal biladi.

Mukofotlar

Mazkur „Qoʻrgʻoshin“ filmi „Yevrosiyo“(Olma-ota) NETPAC MKF hay’atining maxsus mukofoti „Oltin Gepard“ Toshkent Kinoforumi birinchi Gran-prisi eng yaxshi ssenariy uchun „Kinoshok“ festivali mukofoti eng yaxshi film uchun MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining „Oltin Gepard“ Toshkent kinoforumi „Nika“ nominasiyasi mukofotlariga sazovor boʻldi.

Manbalar

Havolalar Svines Youtube.com

Turkum:Oʻzbekiston filmlari