Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi ( (ADHD)) – bolalik davridan boshlanadigan ruhiy xulq-atvorning buzilishi hisoblanadiNINDS Attention Deficit-Hyperactivity Disorder Information Page. National Institute of Neurological Disorders and Stroke (NINDS/NIH) 9 февраля, 2007. Po dannim na 2007-08-13.. U oʻzida diqqatni jamlash, giperaktivlik bilan bogʻliq qiyinchiliklar va yomon boshqariladigan impulsivlik kabi alomatlarni namoyon qiladiAttention-Deficit/Hyperactivity Disorder (ADHD). Dannie s sayta Behavenet.com. Informatsiya sobrana 11-dekabrya 2006 goda..
XKT-10 da (Xalqaro kasalliklar tasnifi) mazkur sindrom giperkinetik buzilishlar turiga kiritiladi va odatda bolalik davrida boshlanadigan hissiy va xulq-atvor muammolari guruhi sifatida tasniflanadi, XKT-11 esa DYGSni neyrorivojlanish muammosi sifatida tasniflangan. Nevrologik nuqtai nazardan diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromiga hech qanday davo chorasi topilmagan doimiy va surunkali sindrom sifatida qaraladi. Baʼzi bolalarning aynan 30 % ida, bu sindrom paydo boʻlib „oʻsishni“ boshlaydi yoki bolaning ulgʻayish davrida unga moslashadi, deb ishoniladi.
Tasniflash DSM-5 buzilishning 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha („boshqa aniqlik kiritilgan“ va „aniqlanmagan“) turga ajratadi:
(ingliz.), diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi/diqqat yetishmasligini kuzatish Diqqat yetishmasligi/giperaktivlik buzilishi: asosan giperaktiv/impulsiv koʻrinish (ingliz. ), diqqat yetishmasligi / giperaktivlik buzilishi: aralash tip — DEHB-C (ingliz.), diqqat yetishmasligi / boshqa belgilangan diqqatning yetishmasligi / giperaktivlik buzilishi. (ingliz. ), aniqlanmagan eʼtiborning yetishmasligi / giperaktivlik buzilishi.
XKT-11 (2018) da DEHB alohida tashxis sifatida qayd etilgan. Kasallikning quyidagi kichik turlari kuzatiladi:
6A05.0: Asosan beparvolik koʻrsatilgan. 6A05.1: Asosan giperaktivlik — impulsivlik. 6A05.2: Aralash turi. 6A05. Y: Boshqa belgilangan turi. 6A05. Z: Aniqlanmagan turi.
Statistikasi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholisining fikriga koʻra, bu sindrom odamlarning 3-5 foizida, shu jumladan bolalarda ham, kattalarda ham uchraydiADD/ADHD Health Center. Informatsiya s sayta WebMD.com. Dannie sobrani 11-dekabrya 2006 goda.. DEHB koʻproq oʻgʻil bolalarda aniqlanadi. Oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi nisbiy tarqalish diagnostika mezonlari, tadqiqot usullari va oʻrganish guruhlari (shifokorga yuborilgan bolalar; maktab oʻquvchilari; umumiy aholi)ga qarab 3: 1 dan 9: 1 gacha belgilanadi. DEHB tarqalishining taxminlari ham ushbu omillarga bogʻliq.
Taʼrifi Hozirgi vaqtda fenomenologik psixologik xususiyat tashxis sifatida belgilash uchun asosdir. DEHBning koʻpgina belgilari vaqti-vaqti bilan paydo boʻladi. Mavjud (2007-yil boshi) diagnostika mezonlariga koʻra, DEHBni kech maktab yoki maktab yoshidan boshlab tashxislash mumkin, chunki bolaning xatti-harakatlarini aniqlash uchun kamida ikkita sharoitda (masalan, uyda va maktabda) baholash talablariga javob berishi zarurdir. Harakatlarni oʻrganish va ijtimoiy faoliyatda nuqsonlarning mavjudligi DEHB tashxisini qoʻyish uchun zaruriy mezondirBelousova Ye. D., Nikanorova M. Yu. Sindrom defitsita vnimaniya & giperaktivnosti: Otdel psixonevrologii i epileptologii Moskovskogo NII pediatrii i detskoy xirurgii Minzdrava RF // Rossiyskiy vestnik perinatologii i pediatrii. — 2000. — № 3. — S. 39—42..
Impulsivlik DEHBning asosiy belgilaridan biri diqqatning buzilishi bilan birga impulsivlik hisoblanadi — muayyan talablarga javoban xatti-harakatlar ustidan nazoratning yetishmasligi. Klinik jihatdan bunday bolalar barcha vaziyatlarga tez munosabat koʻrsatishadi, topshiriqni bajarish uchun koʻrsatmalar va ruxsat kutmasliklari, shuningdek, topshiriq talablarini hurmatsizlik bilan baholashlari orqali tavsiflanadi. Natijada, ular juda beparvo, eʼtiborsiz, loqayd boʻlib qoladilar. Bunday bolalar koʻpincha potentsial salbiy, zararli yoki havfli (va hatto xalokatli) muayyan vaziyatli harakatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni analiz qila olmaydi. Bunday bolalar oʻzlarining jasoratlarini, injiqliklarini va gʻayrioddiyliklarini koʻrsatish uchun ayniqsa tengdoshlari oldida oʻzlarini asossiz, keraksiz xavf-xatarlarga duchor qilishadi. Natijada, zaharlanish va jarohatlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar yuzaga keladi. DEHB bilan ogʻrigan bolalar, DEHB belgilari boʻlmagan bolalarga qaraganda, birovning mulkiga beparvolik bilan zarar yetkazishi yoki yoʻq qilishi mumkin.
DEHB diagnostikasidagi qiyinchiliklardan biri shundaki, u koʻpincha boshqa muammolar bilan birga keladi. DEHB bilan ogʻrigan odamlarning kichik guruhi kam uchraydigan tourette sindromi (qoʻshma ovozli va koʻp harakatli tiklar) deb ataladigan kasallikdan aziyat chekadi.
Diagnostika mezonlari
DEHB uchun DSM-5 diagnostika mezonlari DSM-5 (2013) ga koʻra, diqqat yetishmasligi / giperaktivlik buzilishi tashxisi 12 yoshdan oldin (1994-yildagi DSM-IV nashriga koʻra, 6 yoshdan boshlab) aniqlanishi mumkin. Simptomlarni turli vaziyatlarda va sharoitlarda kuzatish zarur. Tashxis qoʻyish uchun bemorda 6 ta simptom („eʼtiborsizlik“ va / yoki „giperaktivlik va impulsivlik“ guruhidan) va 17 yoshdan boshlab — 5 ta simptomning mavjudligi talab qilinadi. Alomatlar kamida olti oy davomida mavjud boʻlishi kerak va bemorlar oʻz yoshidagi aksariyat oʻsmirlarning rivojlanish darajasidan orqada qolgan boʻlishi kerak. Tashxis qoʻyish uchun simptomlar 12 yoshdan oldin boʻlgan, boʻlishi va shu bilan birga ularni boshqa psixiatrik kasalliklar bilan izohlab boʻlmaydigan boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Beparvolik Koʻpincha detallarga eʼtibor bera olmaydi: beparvolik tufayli maktab topshiriqlarida, bajarilgan ishlarda va boshqa faoliyatda xatolarga yoʻl qoʻyadi (masalan, detallarni oʻtkazib yuboradi, ishni notoʻgʻri bajaradi). Odatda topshiriqlarni bajarish yoki oʻyin oʻynashda diqqatni jamlashda qiynaladi (masalan, maʼruzalar, suhbatlar yoki uzoq vaqt oʻqish paytida diqqatni jamlashda qiyinchiliklar). Koʻpincha oʻyin oʻynayotganda yoki topshiriqni bajarish vaqtida qiyinchilik bilan eʼtibor koʻrsatadi (masalan, chalgʻimasdan maʼruzalar tinglashi yoki uzoq vaqt kitob oʻqib oʻtira olmaydi). Koʻrsatmalarga rioya qilmaydi va maktab topshiriqlarini, vazifalarini yoki odatiy ish vazifalarini bajarmaydi (masalan, topshiriqlarni boshlagan taqdirda, osongina chalgʻiydi va tezda diqqatini yoʻqotadi). Koʻpincha topshiriqlarni va boshqa tadbirlarda qatnashishda qiyinchiliklarga duch keladi (masalan, ketma-ket topshiriqlarni boshqarishda qiynalish; materiallar va shaxsiy narsalarni tartibda saqlashda qiyinchiliklar; tartibsizlik; vaqtni notoʻgʻri boshqarish; belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik). Odatda uzoq davom etadigan aqliy kuch talab qiladigan vazifalarni bajarishdan qochishga intiladi (masalan, maktab va uy vazifalari; katta yoshli oʻsmirlar va kattalarda, hisobotlarni tayyorlash, shakllarni toʻldirish, uzun maqolalarni umumlashtirish). Maktabda va uyda kerakli narsalarni tez-tez yoʻqotadi (masalan, oʻquv qurollari, qalamlar, kitoblar, asboblar, hamyonlar, kalitlar, hujjatlar, koʻzoynaklar, mobil telefonlar, soyabonlar, qoʻlqoplar, uzuklar). Koʻpincha osongina chalgʻiydi (katta oʻsmirlar va kattalarda bu shunchaki keraksiz fikrlar boʻlishi mumkin).Kundalik vaziyatlarda unutuvchanlikni namoyon qiladi (masalan, uy yumushlari va topshiriqlarini bajarishda; katta yoshli oʻsmirlar va kattalar qoʻngʻiroq qilishni, hisob-kitoblarni toʻlashni, uchrashuvga kelishni unutishadi).
Giperaktivlik va impulsivlik
Qoʻllar yoki oyoqlarni urib oʻtiradi yoki chayqaltib oʻtiradi. Koʻpincha maʼqul boʻlmagan holatlarda (sinfda, ofisda yoki boshqa ish muhitida, shuningdek, qatʼiyat talab qiladigan boshqa holatlarda)oʻz oʻrnini tark etadi. Qabul qilib boʻlmaydigan holatlarda yuguradi yoki biror joyga tirmashib osiladi. (Eslatma: oʻsmirlarda yoki kattalarda bezovtalik tashqi koʻrinishda koʻrinmasligi mumkin.) Odatda jimgina, xotirjam oʻynay olmaydi yoki boʻsh vaqtlarida hech narsa qila olmaydi. Oʻz navbatini jimgina kuta olmaydi(masalan, restoranlarda, yigʻilishlarda uzoq vaqt jim oʻtirishning iloji yoʻq yoki noqulay; boshqalar tomonidan notinch, ular bilan aloqa qilish qiyin boʻlgan odam sifatida qabul qilinishi mumkin) Haddan tashqari koʻp gapiradi. Savoliga berilgan javoblarni ohirigacha kutmaydi(masalan, odamlarning gaplarini boʻladi, suhbatning navbatini kutmaydi). Tez-tez halaqit qiladi yoki boshqalarning ishlariga aralashib yuradi (masalan, suhbatga, oʻyinlarga yoki mashgʻulotlarga aralashadi; soʻramasdan yoki ruxsat olmasdan boshqa odamlarning narsalaridan foydalanishi mumkin; oʻsmirlar va kattalar boshqalarning qilayotgan ishlariga aralashishi mumkin).
DSM-5 tasnifi boʻyicha DEHB diagnostikasi DSM-5 tasnifiga koʻra DEHB belgilarini tashxislash usullaridan biri MOXO uzluksiz ishlash testidir. MOXO — bu bolalar, oʻsmirlar va kattalardagi DEHB belgilarini tashxislash uchun kompyuterlashtirilgan test. Test bolalar (6-12 yosh) va kattalar auditoriyasi (13-70 yosh) uchun moʻljallangan ikkita versiyada mavjud.
Test sakkiz darajadan iborat dasturdir. Sinovdan oʻtish jarayonida ekranda maqsadli va maqsadli boʻlmagan ogohlantirishlar paydo boʻladi, ularga subyekt mos ravishda boʻsh joy tugmachasini bosib javob berishi kerak yoki aksincha — hech qanday harakat yoʻqligi bilan.
Sinovning oʻziga xosligi shundaki, uni vizual animatsiya va ovoz effektlari yordamida ekranda oʻtkazishda real hayotdagi stimullarga oʻxshash stimulyatsiyalar paydo boʻladi. Bunday ogohlantiruvchilardan foydalanish DEHB belgilarini tashxislashda yuqori aniqlikka erishishga imkon beradi (90 % ga).
Sinov natijalari DEHB belgilarining raqamli qiymatlari, shuningdek, 8 ta sinov bosqichining har birida subyektning faoliyat grafiklari eshitish munosabati mutaxassisga koʻrinadi. Mutaxassis vizual va qoʻshma ogohlantirishlarning test ishlovchining umumiy diqqat profiliga va toʻrtta DSM-5 DEHB mezonlarining: diqqat, harakatlarni muvofiqlashtirish, impulsivlik va giperaktivlik har biriga taʼsirini aniqlashga imkon beradi.
XKT-10 tasnifiga koʻra DEHB diagnostikasi mezonlari Kasalliklarning xalqaro tasnifi 10-reviziyada (ICD-10) diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi diagnostik mavzusiga „faoliyat va eʼtiborning buzilishi“ sarlavhasi () kiritilgan.
Diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi diagnostikasi uchun kasallikning umumiy mezonlari () toʻliq bajarilishi kerak, xatti-harakatlarning buzilishi bundan mustasno.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsa, diagnostika uchun quyidagi guruhlarning ayrim belgilarini aniqlash kerak („giperkinetik buzilishlar“ ning umumiy mezonlari — ): eʼtiborsizlik (tafsilotlarga eʼtibor bermaslik, koʻrsatmalarga rioya qilmaslik yoki maktab vazifalarini bajara olmaslik). Giperaktivlik (tana aʼzolarining notinch harakatlari, joyida tebranish, oʻtira olmaslik, notoʻgʻri vaziyatlarda yugurish yoki biror joyga tirmashish, oʻyinlarda shovqinning koʻpligi va boshqalar) va impulsivlik (savollar tugashini kutmay javob berish, navbatda turolmaslik, ijtimoiy cheklovlarga adekvat javob bermasdan vaysash, boshqalarni tez-tez gapini boʻlib turish va suhbat paytida oʻyinlarga berilish).
Kasallik 7 yoshdan oldin boshlangan boʻlishi, uning davomiyligi kamida 6 oy boʻlishi va bemorning intellekt koeffitsiyenti (IQ) 50 dan yuqori boʻlishi kerak.
Kattalardagi DEHB Bolaligida DEHB tashxisi qoʻyilmagan koʻplab kattalar ularning yaxshi eʼtibor qarata olmasliklari, yangi materialni oʻrganishdagi qiyinchiliklar, atrofdagi olamni kashf qilish va shaxslararo munosabatlarning yomonlashishi DEHBning sabablari ekanligini tushunishmaydi.