Saud Alsanousiy () (1981-yil 27-mayda tugʻilgan) — quvaytlik yozuvchi va jurnalist. Uning debyut romani "Koʻzgu asiri" (2010) Leyla Usmon mukofotiga sazovor boʻldi. 2011-yilda uning "Bonsai va chol" qissasi Al-Arabi jurnali va BBC Arabic tomonidan tashkil etilgan tanlovda gʻolib boʻlgan. Uning "Bambuk poyasi " romani ota-onasi Quvayt-Filippin aralash boʻlgan bolaning har ikki mamlakatda oʻz oʻrnini topish uchun kurashi haqida yozilgan boʻlib, Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan (2013).
Saud Alsanousiy Quvaytda yashagan va Al-Qabas gazetasida ishlagan.
Nashr qilgan asarlari
Koʻzgu asiri (2010) Bonsai va chol (2011) Bambuk sopi (2012) Xessa buvisining sichqonlari (2015) Hamam Al Dar (Uy kabutarlari) (2017) Naqaat saleha (Salehaning tuyasi) (2019)
Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofotga sazovor boʻlgani
2012-yil oqshomlaridan birida hakamlar raisi Galal Amin quvaytlik yosh yozuvchi Saud Alsanousi 2013-yilda arab adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofot (IPAF)ni qoʻlga kiritganini eʼlon qildi.
Men oʻzim va Quvayt uchun juda xursandman, dedi mashhur yozuvchi Saud Alsanousiy ushbu oqshomda mukofotni olish chogʻida.
Alsanousining „Bambuk sopi“ asari misrlik iqtisodchi va yozuvchi Galal Amin raislik qilgan 2013-yilgi Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro turnirning hakamlar hay’ati tomonidan olti kishilik qisqa roʻyxatdan tanlab olindi. Roʻyxatda boshqa mashhur romanlar, xususan Ibrohim Eyssaning mashhur „Ustozimiz“, Iroqlik yozuvchi Sinan Antunning „Vatan va koʻchish“ romani „Hail Mary“, saudiyalik yozuvchi Muhammad Hasan Alvanning „Qunduz“ oilaviy hikoyasi, Jana Elhassanning „Men, u va boshqa ayollar“ romanilari ham mavjud edi.
Filippinga tashrifi
Saud Alsanousiy romanni yozish chogʻida Filippinga sayohat qilgan, uning soʻzlariga koʻra, bundan asosiy maqsad oʻz asari qahramonlarining hayoti va kelib chiqishi haqida koʻproq malumot olish boʻlgan. Uning taʼkidlab oʻtishicha, koʻpchilik quvaytliklar va filippinliklar, ularning oʻzaro munosababtlari haqida juda kam bilishadi. yozuvchi oʻz asari orqali bu kabi boʻshliqlarning notoʻgʻri xayollar bilan toʻldirilmasligiga erishmoqchi boʻlganini ham alohida taʼkidlab oʻtgan</ref>.
Manbalar
Havolalar
Berlin xalqaro adabiyot festivalidan biografiya Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar