«Futbol urushi» () — El Salvador va Honduras oʻrtasida olti kun davom etgan (1969-yil 14-iyuldan 20-iyulgacha) harbiy mojaro. Urushning bevosita sababi sifatida Honduras jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichining pley-off oʻyinlarida El Salvador jamoasiga magʻlub boʻlishi edi.
Qisqa muddatda boʻlishiga qaramay, mojaro har ikki tomonga ham qimmatga tushdi. Umumiy yoʻqotishlar bir necha ming kishini tashkil etdi. Urush Markaziy Amerika umumiy bozorining (MAUB) mintaqaviy integratsiya loyihasini amalga oshmasligiga sabab boʻldi.
Kelib chiqish sabablari thumb|El Salvador va Honduras futbol oʻyini paytida muxlislari oʻrtasidagi jang, 1969-yil. Urushning sabablaridan biri ikki davlat oʻrtasida XIX asrda boshlangan chegarani belgilash boʻyicha uzoq davom etgan kelishmovchilik ediE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220.
Bundan tashqari, Honduras hukumati va ishbilarmon doiralari 1960-yillarning boshidan beri Markaziy Amerika umumiy bozorini (MAUB) tashkil etish qoidalariga koʻra rivojlangan Salvador iqtisodiyotiga berilgan muhim savdo afzalliklaridan norozi edilarE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220.
Dastlab, 1958-yil iyun oyida Markaziy Amerikaning toʻrtta davlati oʻrtasida erkin savdo va iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan soʻng (uning asosida 1960-yil 16-dekabrda qoʻshimcha bitim imzolangandan keyin MAUB paydo boʻldi), koʻpchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar (Honduras va El Salvador) afzalliklarga ega boʻldilar, ammo kelajakda Honduras sanoati El Salvador sanoatiga yutqazishni boshladi. Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun Honduras hukumati isteʼmol tovarlariga favqulodda soliqlarni joriy etishga majbur boʻldi (avval 3 % stavkada, keyin esa oshirildi)N. S. Leonov. Ocherki novoy i noveyshey istorii stran Tsentralnoy Ameriki. M., „Misl“, 1975. str.296-314. 1969-yilga kelib, Hondurasning El Salvador oldidagi qarzi Hondurasning barcha MAUB mamlakatlari oldidagi qarzi miqdorining deyarli yarmini tashkil etdi. Urushning boshlanishi Honduras hukumatiga nafaqat qarz muammosini bartaraf etishga, balki mamlakatning iqtisodiy holatini salvadorliklar mulki hisobiga mustahkamlashga imkon berdiE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220.
Yana bir muammo Hondurasdagi salvadorlik koʻchmanchilar bilan bogʻliq edi:.
El Salvador Markaziy Amerikaning barcha shtatlari ichida eng kichik va aholisi eng koʻp boʻlgan, iqtisodiyoti rivojlangan, ammo ekin maydonlarining keskin tanqisligini boshdan kechirar edi. El Salvadordagi yerlarning katta qismi yirik yer egalari tomonidan nazorat qilinib, „yer ochligi“ va yersiz dehqonlarning qoʻshni Hondurasga koʻchishiga olib keldiE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220. Honduras hududi boʻyicha qoʻshnisiga qaraganda ancha katta edi, aholisi unchalik zich boʻlmagan va iqtisodiy jihatdan esa unchalik rivojlanmagan edi, ammo 200 ming gektardan ortiq (18 %) qishloq xoʻjaligi erlari AQSH kompaniyalariga tegishli boʻlib, bu esa mamlakatda „yer ochligi“ni kuchaytirdi.
Salvadorliklarni tekin yer va daromad izlab Hondurasga koʻchishi 1930-yillarda boshlangan. Muhojirlarning aksariyati mamlakatga noqonuniy yoʻllar bilan kelgan, boʻsh yerlarni egallab, dehqonchilik qila boshlagan. Shu yoʻl bilan butun boshli noqonuniy aholi punktlari paydo boʻldiE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220. Salvadordan kelgan koʻchmanchilar mahalliy dehqonlarga qaraganda kamroq maosh evaziga banan plantatsiyalarida ishlashga rozi boʻlishdi, bu esa Hondurasda salvadorliklarga qarshi kayfiyatning kuchayishiga olib keldi.
1961-yil yozida Honduras hududidagi Xacienda de Dolores aholi punkti hududida bir guruh salvadorliklar va Honduras fuqarolik gvardiyasi patrullari bilan toʻqnashuv kelib chiqadi. Ushbu toʻqnashuvda El Salvador fuqarosi boʻlgan Alberto Chaves otib oʻldiriladi. Bu voqea mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga olib keldi. 1961-yil 19-iyun kuni El Salvador hukumati Honduras hukumatidan salvadorlikning oʻlimi yuzasidan tergov oʻtkazishni rasman talab qildiLa guerra de 1969, 100 horas de tensiones // „El Heraldo“ ot 13-iyulya 2013.
1962-yil sentabr oyida Honduras hukumati yer islohoti toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Unga koʻra noqonuniy muhojirlar tomonidan egallab olingan yerlarni Honduras fuqarolari foydasiga qayta taqsimlash boshlandi (salvadorliklarning ularga fuqarolik berish haqidagi iltimoslari koʻrib chiqilmagan holda). Honduras hukumati salvadorliklarni mamlakatdan deportatsiya qila boshlaganidan soʻng, El Salvador va Honduras oʻrtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketdi.
1966-yilda Hondurasning yirik yer egalari tomonidan „Tomorqa egalari va chorvadorlar federatsiyasi“ tuzildi. Ular salvadorliklarga yer berilishiga qarshi chiqishadi. 1967-yil iyun oyi boshida Honduras chegarachilari El Salvador armiyasining ikkita harbiy yuk mashinasini qoʻlga oladi (bu mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yomonlashishiga sabab boʻldi).
Mojaroning kuchayishi Ikki tomonlama munosabatlardagi keskinlik urush boshlanishidan ikki yil avval asta-sekinlik bilan kuchayib bordi. Honduras prezidenti Osvaldo Lopes Arellano (1963-1971) rejimi sezilarli iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi va salvadorlik koʻchmanchilardan ushbu kõrgiliklar uchun qulay aybdorlar sifatida foydalanishga qaror qildi.
Har ikki davlat ham katta iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirar, ikkalasi ham harbiylar tomonidan nazorat qilinar va ikkala hukumat ham aholi eʼtiborini dolzarb ichki siyosiy va iqtisodiy muammolardan chalgʻitishga harakat qilardi. Vaziyat ayniqsa Hondurasda ogʻir edi, u yerda 1968-yil sentabr oyida shimoliy sohillarda yashovchi qishloq xoʻjaligi ishchilarining ish tashlashi boshlanib, unga sanoat ishchilari, mayda savdogarlar, hunarmandlar va poytaxt universiteti talabalari qoʻshildi. Hukumat mamlakatda qamal holati eʼlon qildi, isyonni bostirish uchun politsiya va armiyaning deyarli barcha kuchlari yuborilib, noroziliklar bostirildi.
1969-yilga kelib, Hondurasda 200 mingga yaqin salvadorliklar va „guanako“lar (Salvadordan kelgan muhojirlar, ularning koʻpchiligi Hondurasda uzoq vaqt yashagan) yashagan. Ularning 50 mingga yaqini Honduras fuqarolari yoki Honduras hududida yashash maqomini qonuniylashtirgan boshqa hujjatlari boʻlganE.L. Nitoburg. „Futbolnaya voyna“ // „Voprosi istorii“, № 7, 1978. str.214-220 kishilar tashkil etardi.
1969-yil yanvar oyida Honduras hukumati El Salvador bilan 1967-yilgi ikki tomonlama immigratsiya shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Aprel oyida esa agrar islohot doirasida yer sotib olganlarni agar ular yer sotib olgan paytida Honduras fuqarosi ekanligi haqida qonuniy talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa yerga boʻlgan egalik huquqini bekor qilish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida eʼlon qildi. Ishsizlik sonining oʻsishi va ish haqining pasayishini esa Salvadordan kelgan mehnat muhojirlari oqimi bilan bogʻlash uchun OAVlarida yolgʻon tashviqotlar boshlandi.
1969-yil aprel oyida Hondurasda salvadorlik koʻchmanchilar va muhojirlarni ommaviy ravishda koʻchirish va deportatsiya qilish boshlandiCiviles y veteranos recuerdan el horror de la guerra entre El Salvador y Honduras // „El Pais“ ot 14-iyulya 2019. May oyining oxirida egalik huquqidan mahrum boʻlgan koʻp sonli muhojirlar oqimi Hondurasdan El Salvadorga qarab yoʻl oldi. Qochqinlar tasvirlari va ularning hayotlari haqidagi hikoyalari El Salvador gazetalari sahifalarini va televideniya ekranlarini toʻldirdi. Honduras harbiylari muhojirlarni haydash paytida sodir etgan zoʻravonliklari haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Ikki davlat munosabatlaridagi keskinlik oʻzining avj nuqtasiga yaqinlashdi.
El Salvador davlat xizmatlari haydalgan qochqinlar oqimiga dosh bera olmadi. Jamiyatda norozilik kuchayib, ijtimoiy portlash xavfini tugʻdirdi. Hukumatga ishonch pasayib ketdi. Honduras bilan mojaroda gʻalabaga erishish El Salvador hukumatiga aholining hukumatga boʻlgan ishonchini qaytarishga yordam berishi mumkin edi.
Urush arafasida thumb|288x288px|El Salvador Prezidentining 1969-yil 18-iyuldagi murojaati matni Harbiy harakatlarga sabab boʻlgan va urushga oʻz nomini bergan voqea 1969-yil iyun oyida San-Salvadorda sodir boʻlgan. Bir oy ichida ikki mamlakat futbol jamoalari 1970-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati finaliga chiqish uchun ikkita oʻyin oʻtkazishlari kerak edi (har bir jamoa bittadan gʻalaba qozongan taqdirda uchinchi oʻyin tayinlanardi). Tegusigalpadagi birinchi oʻyinda ham, (Salvadorning nomaʼlum bir fuqarosi oʻz mamlakati uchun bunday sharmandalikdan chiday olmasligini aytib, oʻzini otib tashladi) va undan keyin San-Salvadordagi ikkinchi oʻyinda ham dahshatli darajadagi tartibsizliklar yuzaga keldi. Salvadorda Honduraslik futbolchilar va muxlislar kaltaklanib, Honduras bayroqlari yoqib yuborilgan boʻlsa, Hondurasda esa salvadorliklar shu jumladan, ikki vitse-konsulga hujum qilindi.
15-iyun kuni Honduras hukumati El Salvador hududida Honduras fuqarolariga qilingan hujumni koʻrib chiqish iltimosi bilan Inson huquqlari boʻyicha Amerikalararo komissiyaga murojaat qildi. Bunga javoban El Salvador hukumati Hondurasdagi salvadorliklarga qarshi qilingan hujumlar masalasini koʻrib chiqishni talab qildi.
20-iyun kuni Honduras hukumati 1969-yil 15-iyun kungi futbol oʻyini vaqtida stadiondagi jamoatchilikning haqoratomuz xatti-harakatlariga qarshi norozilik bildirdi. Bunga javoban El Salvador tashqi ishlar vaziri Honduras El Salvador fuqarolarini taʼqib uqilinayotganligini, ularning hayoti va mulki xavf ostida ekanligi va 880 nafar salvadorlik Hondurasdan El Salvadorga qochib oʻtgani haqida bayonot berdi.
24-iyun kuni El Salvador qurolli kuchlarida safarbarlik eʼlon qila boshladi.
26-iyun kuni El Salvador Honduras bilan diplomatik munosabatlarni toʻxtatganini eʼlon qildiThomas P. Anderson. The War of the Dispossessed: Honduras and El Salvador 1969. Lincoln: University of Nebraska Press, 1981. str.105.
27-iyun kuni uchinchi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan Honduras El Salvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Umuman olganda, „futbol inqirozi“ boshlangan 1969-yil 6-iyundan 27-iyungacha har ikki tomondan 120 kishi mojaro qurboni boʻldi, moddiy zarar esa 50 million AQSH dollarini tashkil etdi. Hondurasdan kelgan 11600 salvadorlik qochqin El Salvadorning chegaradosh hududlaridagi qochqinlar lagerlariga joylashtirildi.
3-iyul kuni avvaliga DC-3 transport samolyoti, keyin esa Honduras harbiy-havo kuchlarining chegara tomonga qarab uchgan ikkita T-28 hujumchi samolyoti El Salvador hududidan turib zenit-artilleriyadan oʻqqa tutildi. Oʻsha kuni kechroq El Salvadorning yengil rusumli Piper PA-28 „Cherokee“ samolyoti (bort raqami YS-234P) Honduras havo hududini buzib kirib, uni taʼqib qilgan ikkita Hondurasning T-28 samolyotidan qochib, yana El-Salvador havo hudidiga qaytib keladi.
Bunga javoban, 12-iyul kuni Honduras hukumati bir nechta jangovar samolyotlarni El-Salvador bilan chegaraga hududiga yubordi va ularni San-Pedro-Suladagi aviabazaga joylashtirdi (bu yerda Honduras Harbiy-havo kuchlarining Shimoliy qoʻmondonligi — Comando Norte de la Fuerza Aérea Gondureña joylashtiriladi).
Harbiy harakatlar right|thumb|„100 soatlik urush“ paytida Honduras bilan chegaradagi El Salvador armiyasining otliq patruli Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, chegara chizigʻidagi birinchi qurolli toʻqnashuv 1969-yil 11-iyulda sodir boʻlgan. Shundan soʻng, 12-iyul kuni Honduras prezidenti qoʻshimcha armiya boʻlinmalarining chegara tomon harakatlanishini eʼlon qildiNate Jones. Document Friday: The Football War // The National Security Archive ot 25-iyunya 2010.