thumb thumb Gabrielle Bonheur (Coco) Chanel (, , 1883-yil 19-avgust, Saumur — 1971-yil 10-yanvar, Parij) — XX asr Yevropa modasiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan fransuz dizayneri va Chanel moda uyining asoschisi. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda u modaga anʼanaviy erkaklar garderobidan elementlarni olish hamda „hashamatli soddalik“ (le luxe de la simplicité) tamoyiliga amal qilish hos boʻlgan ayollar kostyumini soddalashtirishga xizmat qiluvchi oʻz uslubini taqdim etdi. Ushbu uslub ayollar modasida avvallari dominantlik qiluvchi „ korset silueti“ ning oʻrnini egalladi. Undan farqli oʻlaroq, Shanelning innovatsion uslubi anchayin soddaligi bilan ajralib turar, kiyish va yechish uchun ancha kam vaqt talab qilar, kiyimlar qulayroq va arzonroq boʻlishi bilan birga nafislikda qolishmas emas edi. U ayollar modasiga uzun jaket va kichkina qora koʻylakni olib kirdi. Chanel Time jurnalining XX asrning 100 ta eng nufuzli odamlari roʻyxatiga moda olamidan kiritilgan yagona odam boʻldi. Sermahsul modeler sifatida Shanel zargarlik buyumlari, sumkalar va parfyumeriya yaratishda oʻz isteʼdodidan foydalangan holda yuqori modadan tashqarida ham shuhrat qozondi. Uning tomonidan yaratilgan aksessuarlarning eng mashhurlari zanjirli sumka va yirik bijuteriya — birinchi navbatda kameliya broshlari va sunʼiy marvaridlar edi. Uning firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan " Chanel No. " 5 " atri XX asrning parfyumeriya bestselleriga aylandi. Chanel 1920-yillardan beri ishlatilib kelinadigan, oʻzaro birlashtirilgan CC harflari aks etgan mashhur monogrammasini oʻzi oʻylab topgan.

Shanelni Ikkinchi Jahon urushi paytida Germaniya Fransiyani bosib olgan davrda oʻz professional nuqtai nazaridan kelib chiqib yoʻl tutgan holda natsistlar hukumati bilan yaqin aloqada boʻlgani uchun tanqid qilishar edi. Shu yoʻl bilan Chanel nemis diplomati baron (Fraygerr) Xans Gunter fon Dinklage bilan yaqin munosabat oʻrnatgan edi. Urushdan keyin Chanel u bilan boʻlgan munosabatlari haqida soʻroqqa tutildi, ammo Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning aralashuvi tufayli unga hamkorlik qilish aybi qoʻyilmadi. Urushdan keyingi bir necha yilni Shveysariyada oʻtkazgandan soʻng, u Parijga qaytib keldi va oʻz moda uyini qayta tikladi. 2011-yilda amerikalik jurnalist Xel Vogan Chanel haqida u Reyxsfürer-SS natsistlar xavfsizlik xizmati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilganligini va 1943-yil oxirida goʻyoki unga Cherchillga urushni tugatish uchun tinchlik togʻrisidagi taklifni yetkazish topshirigʻi yuklatilganligini isbotlovchi yaqinda ochiqlangan hujjatlarga asoslangan kitobni chop ettirdi.

Biografiyasi

Bolalik yillari Gabrielle Bonheur Chanel 1883-yilda tugʻilgan. Uning onasi, Janna nomi bilan tanilgan Yeugeni Joanne Devol Chanel, Saumurdagi (Men-et-Luara departamenti) Providens Hamshiralari (kambagʻallar uchun hospis) hayriya kasalxonasida kir yuvuvchi boʻlib ishlagan. Gabrielle Joannening Albert Chaneldan koʻrgan ikkinchi farzandi edi, uning opasi Julie undan bir yil oldin tugʻilgandi. Albert Chanel ishchi kiyimlari va ichki kiyimlar sotadigan savdo yarmarkasi savdogari edi va shuning uchun doimo bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurar va har safar oila juda yomon yashash sharoitlariga duch kelar edi.. 1884-yilda har tugul Albert Joanne Devolga uylandi, uni bunday qilishga " Albertning koʻngli toʻladigan sepni yi’gʻish yoʻlida oʻz saʼyi-harakatlarini birlashtirgan qarindoshlari koʻndirishdi.

Tugʻilganda Gabriellening familiyasi rasmiy reestrga „Chasnel“ sifatida kiritilgan. Joanne jiddiy kasal edi va roʻyxatga olishda u qatnasha olmadi , Albert esa reestrga „sayohatda“ deb belgilandi. Ehtimol, ikkala ota-onaning yoʻqligi sababli ham bu xatoga yoʻl qoʻyilgandir.Oqibat u bu xatoni tuzatmadi, chunki Gabrielning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini tuzatishning qonuniy tartibi uning kambagʻallar uyida tugʻilganligini ommaga oshkor qilgan boʻlar edi..

Chanellarda bor-yogʻi olti farzand bor edi — Juli, Gabriel, Alfons (t. 1885), Antuanetta (b. 1887), Lusien va Augustin (olti oyligida vafot etgan). Ular Brive-la-Gaillard shahridagi bir xonali tor kvartirada birga turardilar.

Gabrielle 11 yoshda ekanligida onasi 32 yoshida vafot etdi. Uning otasi ikki oʻgʻlini qishloqqa ishlash uchun yubordi, uchta qizini esa Sisterskiylar buyrugʻi bilan boshqariladigan kambagʻal va rad etilganlarga, shu jumladan tashlab ketilgan va yetim qolgan qizlar uchun boshpanalarni oʻz ichiga oluvchi Aubazin Abbeydagi bolalar uyiga yubordi. Undagi hayot qattiq tartib-intizomli, shafqatsiz va kamtarona edi. Ammo shunga qaramay, aynan shu yer ehtimol Shanelning kelajakdagi muvaffaqiyatiga hissa qoʻshgan boʻlishi mumkin, chunki u yerda qiz tikuvchilikni oʻrgandi. 18 yoshga toʻlgan Chanel yoshi tufayli bu boshpanada boshqa qola olmasdi, shuning uchun u Mulen shahrida joylashgan katolik qizlar pansionatiga koʻchib oʻtdi.

Mashhur boʻlgach, Coco Chanel bolalik tarixini buzib tasvirlardi. U koʻpincha oʻz hikoyalariga haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ajoyib uydirma epizodlarni qoʻshar edi. Shunday qilib, uning aytishicha, onasi vafot etgach, otasi baxt izlab Amerikaga suzib ketgan va uni ikki xolasi bilan birga yashashga yuborishgan. Shuningdek Chanel, u haqiqiy tugʻilgan sanasidan 10 yil keyin tugʻilganini va onasi u 11 yoshdan ancha kichik boʻlgan paytida vafot etganini taʼkidlar edi...

Shaxsiy hayoti va martabasining boshlanishi

Sahnaga intilishlari Aubazinedagi olti yillik hayoti davomida tikuvchilikni oʻrgangan Shanel tikuvchi boʻlib ishga kirdi. Tikuvchilikdan boʻsh vaqtlarida u otliq ofitserlar tez-tez kirib turadigan kabareda qoʻshiq kuylardi. Chanel Moulin pavilioni La Rotondedagi kafeda (oʻsha davrning mashhur koʻngilochar maskani) kuylash bilan sahnadagi debyutini amalga oshirdi. U pozachi, yaʼni yulduzlarning chiqishlari orasida olomonni koʻnglini oluvchi ijrochi edi. Bu yoʻl bilan ishlashga muvaffaq boʻlgan bor narsa — bu uning chiqishlari paytida tomoshabinlar orasida qoʻlma- qoʻl uzatadigan likopchada yigʻiladigan pullar edi. Aynan oʻshanda Gabrielle „Coco“ nomini oldi, chunki u tez-tez "Coconi kim koʻrgan? " qoʻshigʻini ijro etardi. Uning oʻzi esa bu laqabni otasi qoʻyganini aytishni yaxshi koʻrardi. Boshqa manbaga koʻra, „Coco“ ismi Ko Ko Ri Ko hamda Qui qu’a vu Coco dan kelib chiqqan boʻlib, u saqlangan ayol maʼnosinii anglatuvchi cocotte soʻziga ishora boʻlib xizmat qilgan. Qoʻshiqchi sifatida Chanel kabarening doimiy mijozlari boʻlgan harbiylarni oʻziga tortadigan oʻsmirlik jozibasi bilan ajralib turar edi

1906-yilda Chanel oʻzining koʻp sonli kontsert zallari, teatr va kafelari bilan ajralib turadigan kurort shahar Vichida ishladi. U yerda u ijrochi sifatida muvaffaqiyat qozonishga umid qildi. Chanelning yoshligi va jozibasi uni imtihon qiluvchilarda taassurot uygʻotar edi, lekin uning ovozi qoʻshiq aytishga mos kelmasdi va unga sahnada ish topish nasib qilmadi. Ish qidirishga majbur boʻlgan Chanel Grande Grilleʼda donneuse d’eau sifatida ishga kirdi, uning vazifasi Vichini mashhur qilgan goʻyoki shifobaxsh mineral suvli stakanlarni tarqatish edi. Vichida dam olish mavsumi tugagach, Chanel Moulinga , La Rotondedagi avvalgi ish joyiga qaytib keldi. Oʻshanda u jiddiy sahna karyerasi kelajakda uning uchun emasligini tushib yetdi.

Balsan va Kapel thumb|ning Chanel va Artur „Boy“ Capelga bagʻishlangan karikaturasi 1913-yil Moulinda Chanel yosh fransuz sobiq otliq ofitseri va yirik toʻqimachilik fabrikasining merosxoʻri Etyen Balsan bilan tanishib qoldi. 23 yoshida Chanel kurtizan ayol Emiliena d’Alensonning oʻrnini egallab, uning sevimli ayoliga aylandi. Keyingi uch yil davomida Shanel Etyen Balsan bilan uning oʻrmonli ot yurar soʻqmoqlari va ovchilik faoliyati bilan mashhur boʻlgan, Kompyendan uncha uzoq boʻlmagan Roye qasrida yashadi. Ular oʻzlarining barcha xohish-istaklariga boʻysunib yashadilar. Balsanning boyligi unga butun vaqtini adogʻi yoʻq yoq ziyofatlarda oʻtkazadigan va oʻz ishtahalarini oʻsha ziyofatlarning salbiy oqibatlaridan qondiradigan odamlarni atrofida toʻplash imkonini berardi. Balsan Chanelni „boy hayot“ning bezaklari — olmos, koʻylaklar va marvaridlarga koʻmib tashladi. Biografi Jastin Pikardi oʻzining 2010-yildagi „Coco Chanel“. Afsona va hayot" kitobida Kokoning jiyani, uning singlisi Juli-Bertening yagona farzandi sifatida tanilgan Andre Palas aslida Kokoning Balsandan koʻrgan.. oʻgʻli boʻlgan degan taxminni aytib oʻtgan.

1908-yilda Shanel Balsanning doʻstlaridan biri, kapitan Artur Edvard „Boy“ Capel bilan ishqiy munosabat oʻrnatdi Keyinchalik, Chanel oʻz hayotining ushbu davrini quyidagicha esladi: „ikki janob mening issiq kichkina badanimga erishish uchun bir-biridan oʻzishga urinardilar“.. Ingliz oliy jamiyatining badavlat vakili boʻlmish Kapel Shanelni Parijdagi kvartirasiga joylashtirdi va uning birinchi doʻkonlarini moliyalashtirdi. Ehtimol, uning shaxsiy garderobi Chanel uslubining kontseptsiyasiga taʼsir qilgandir. "Chanel №. 5 " atri shishasining dizaynining kelib chiqishining ikkita ehtimoliy talqini boʻlgan va ularning ikkalasi ham Kapel nomi bilan bogʻliq edi. Birinchisiga koʻra, Chanel idish uchun Kapel oʻzining safar chemodanida olib yuradigan hushboʻy suyuqliklar uchun moʻljallangan Charvet shisha idishchalarining toʻgʻri toʻrtburchakli qiyshiq chiziqlarini oʻzlashtirgan, ikkinchisiga koʻra, namuna sifatida u foydalangan viski grafini xizmat qilgan. Chanel undan shunchalar hayratlanardiki, uning shaklini „nafis, qimmatbaho, nozik shisha“da aks ettirishni xohlagan. Ular Dovil kabi hashmatli kurortlarida birga vaqt oʻtkazardilar, ammo Chanelning birgalikdagi hayotga umid qilishlariga qaramay, Kapel hech qachon unga sodiq emasdi. Ularning munosabatlari toʻqqiz yil davom etdi. 1918-yilda ingliz aslzoda ayoli Diana Uindxemga uylanganidan keyin ham Kapel Chanel bilan butunlay aloqani uzmagan edi. U 1919-yil 22-dekabrda avtohalokatda vafot etdi. Mish-mishlarga koʻra, Capel halokati joyida yoʻl chetidagi yodgorlik Chanel tomonidan buyurtma qilingan. Ushbu fojiadan 25 yil oʻtgach, oʻsha paytda Shveysariyada yashayotgan Shanel doʻsti Pol Morandga dil yordi: „Uning oʻlimi men uchun dahshatli zarba boʻldi. Kapelni yoʻqotib, men hamma narsani yoʻqotdim. Aytishim kerakki, undan keyingi hayot quvonchli boʻlmadi“.

Chanel shlyapalar yaratishni Balsan bilan yashaganiga boshlagandi, dastlab koʻngilochar mashgʻulot vaqt oʻtishi bilan biznes faoliyatiga aylandi. 1910-yilda u litsenziyali modachi boʻldi va Parijdagi Cambon koʻchasida 21-binoda joylashgan oʻzining Chanel Modes butigini ochdi. Bu manzilda allaqachon kiyim-kechak biznesi boʻyicha muvaffaqiyatli doʻkon mavjud boʻlgani sababli, Chanel u yerda faqat oʻzining yaratgan shlyapalarinigina sotar edi. Chanel modistka sifatidagi shuhratni 1912-yilda teatr aktrisasi Gabriel Dorzia u yaratgan shlyapalarni Fernand Nozièrening „Sevimli doʻst“ spektaklidagi rolini ijro etayotganda kiyganida qozondi. Natijada, Dorzia Chanelning shlyapalarini Les Modes da chop etilgan fotosuratlarda yana kiyib koʻrdi.

Keyingi hayoti Chanel va uning dugonasi Misia Sert 1929-yil 19-avgustda Diagilevning oldiga uning oʻlimi oldidan tashrif buyurgan soʻnggilardan boʻldilar. Ular, shuningdek , San-Mishel orolidagi dafn marosimining harajatlarini ham toʻlashdi, chunki na marhumning, na u bilan birga boʻlgan Lifarning yonida puli bor edi. Diagilev Shanelning tugʻilgan kunida vafot etgandi va natijada u tug`ilgan kunini boshqa hech qachon nishonlamadi.

1925-yilda u Monte-Karloda Vestminster gertsogi Xyu Grosvenor bilan tanishdi. Ularning munosabatlari oʻn yil davom etdi. Gertsog Chanelga hashamatli hadyalar berdi: xususan, u unga Londonning nufuzli Meyfeyr hududidan uy sotib oldi, 1927-yilda esa Kot -d’Azurdagi Roquebrune-Cap-Martinda Chanel „ La Pause“ villasini qurgan er uchastkasini sovgʻa qildi. right|thumb|242x242px| Koko Chanelning birinchi shlyapalaridan biri, 1912-yil may thumb|247x247px| Chanel oʻzining shlyapalar doʻkonida karikaturasi, 1919-yil

Urush paytlari left|thumb|200x200px| Chanel va Vestminster gertsogi, 1920-yillar