Demi Lee Courtney Stokes (1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Manchester Siti va Angliya terma jamoasida oʻynaydi. U ilgari Angliya FA Ayollar Premer-ligasida " Sanderlend " sharafini himoya qilgan.
Klubdagi karyerasi Stokes 8 yoshida " Sanderlend " yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan va 16 yoshida asosiy jamoada oʻynay boshlagan. U 2008-09-yillarda Angliya Premer-ligasining Shimoliy divizionida gʻolib chiqqan va 2009-yilgi Angliya Kubogi finalida "Arsenal"ga 2:1 hisobida yutqazgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. U 2011-yilda Janubiy Florida universitetida oʻqish uchun toʻrt yillik stipendiya yutib oladi. 2012-yilda Stokes Vankuver Whitecaps tarkibida Shimoliy Amerika W-ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazdi.
2015-yilning yanvarida Stokes «Manchester City» bilan 3 yillik professional shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera
Angliya 2009-yil iyul oyida Stokes 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi va 2009-yilda Belarussiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etib Shvetsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. 2010-yilda u Angliya terma jamoasiga Makedoniyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2010-yilgi UEFA chempionati finaliga chiqishga yordam berdi va u yerda Fransiyadn magʻlubiyatga uchrashdi. Oʻsha yozda Stokes Germaniyada boʻlib oʻtgan 2010-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliyaning uchta oʻyinidan ikkitasini asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Yangi tayinlangan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Sampson Stokesni 2014-yilning 17-yanvarida Norvegiyaga qarshi oʻyinni oʻz ichiga olgan La Mangadagi yillik yigʻin uchun 30 futbolchidan iborat tarkibga kiritdi. U Norvegiya bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda asosiy tarkibda chap qanotda boshladi va oʻzining birinchi kattalar terma jamoasida gʻalabaga erishdi. 2014-yil aprel oyida u Angliyaning Brighton and Hove shahridagi Falmer stadionida Chernogoriyani 9:0 hisobida magʻlub etgan jamoa tarkibida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Stokes 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya terma jamoasidan chaqiruv olmadi. U keyingi UEFA Ayollar Yevro-2017 saralash bosqichi uchun tarkibga qayta jalb qilindi.
2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Stokes Angliyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida asosoiy tarkibda maydonga tushib chap qanotda oʻynadi va Angliyaga 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Stokes Norvegiyaga qarshi chorak finalda ham oʻynadi va Angliya Norvegiyani 3:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. Xalqaro maydondagi gollar Gol Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 5-aprel Falmer stadioni, Brighton and Hove, AngliyaChernogoriya 7 – 0 9–0 JCh-2015 saralash
Buyuk Britaniya 2013-yil iyul oyida Stokes Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yozgi Universiada oʻyinlarida Buyuk Britaniyaga oltin medal olib kelishga oʻz xissasini qoʻshdi. 2021-yil 27-may kuni Stokes 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun Buyuk Britaniya ayollar olimpiya futbol jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi.
Shaxsiy hayoti Stokes Geytsxed kollejiga boradi, shu sababli u hali ham futbol oʻynab, oʻqishni davom ettirmoqda.
Karyera statistikasi
Xalqaro YilAngliyaBuyuk BriytaniyaOʻyinGolOʻyinGol2014121colspan=2201580colspan=2201690colspan=22017160colspan=2201840colspan=2201980colspan=2202010colspan=220216030Total64130
Yutuqlar
Klub Manchester City
FA WSL kubogi : 2016, 2018–19, 2021–22 FA WSL : 2016-yil Angliya kubogi : 2016–17, 2018–19, 2019–20
Xalqaro Angliya
SheBelieves kubogi : 2019 Arnold Klark kubogi : 2022
Shaxsiy yutuqlar
PFA WSL yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi : 2018, 2019
Manbalar
Havolalar
Demi Stokes profili Angliya futbol assotsiatsiyasi