Barbro Charlotte Rohlin (1980-yil 2-dekabrda tugʻilgan) - shved sobiq futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan va Damallsvenskan klubining Linköpings klubi sardori. U 2007-yildan 2015-yilgacha Shvetsiya ayollar terma jamoasi safida 77 marta gʻalaba qozongan.
Klubdagi karyerasi Rohlin 1987-yilda Linköpingsda oʻynay boshladi, 2009-yilda Rohlin Amerika ayollar professional futboli (WPS) Independencedan taklif oldi shu sababdan Linköpings bilan shartnomasini uzaytirish taklifini rad etdi.
U 2015-yilgi mavsum oxirida klubning marketing boʻlimida lavozimni egallab, futboldan ketishga qaror qildi. Nafaqaga chiqqanida Rohlin barcha musobaqalarda 300dan ortiq oʻyin oʻtkazgan holda (ulardan 232 tasi ligada) Linköpings uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi edi.
Xalqaro karyera left|thumb|335x335px| Rohlin 2011 FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida 2007-yilgi Algarve kubogida Rohlin Shvetsiya terma jamoasi safida Finlandiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uning shunday yirik turnirda ilk marotaba ishtirok etishi, 2008-yil Pekin Olimpiadasida boʻlgan.
U UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 uchun chaqiruv olgan va Shvetsiyaning Rossiyaga qarshi guruh bosqichida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan turnirdagi birinchi golini urgan. Rohlin, shuningdek, 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri edi. U Frankfurtda Shvetsiyani 3:1 hisobida magʻub etgan Yaponiyaga qarshi oʻyinning asosiy takibida maydonga tushgan. Shvetsiya Sinsheymda Fransiyani 2:1 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan.
Rohlin 2012-yilgi London Olimpiadasini oldingi xoch boylami jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan. Bir yil oʻtgach, u 2013-yilning bahorida klub futboliga qaytdi va shu zahotiyoq Shvetsiya terma jamoasining UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasida ishtirok etishini maqsad qilgan.
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tanlangan boʻlsa-da, Nilla Fisherning markaziy himoyaga oʻtishi va Emma Berglund hamda Amanda Ilestedt kabi yosh futbolchilarning paydo boʻlishi tufayli Rohlin endi asosiy futbolchi emas edi. Shvetsiya juda yomon oʻyinlar koʻrsatib, magʻlub boʻlganida, Rohlin murabbiy Pia Sundxagening taktikasini tanqid qilgan.
Yevropa chempionati turnirlaridagi oʻyinlar va gollar
thumb|left|200px
thumb
thumb|left|200px
thumb
thumb|left|200px Charlotta Rohlin ikkita Yevropa chempionati turnirlarida qatnashgan: Finlandiya 2009 va Shvetsiya 2013. U ikkala turnirning har bir oʻyinida maydonga tushdi. Gol Oʻyin Sana Manzil RaqibMaydondagi vaqt Min Hisob Natija Musobaqa 2009-yil Yevropa chempionati 1 2009-08-25 Turku RossiyaToʻliq 5 1-0 Guruh oʻyini 2009-08-28 Turku ItaliyaToʻliq Guruh oʻyini 2009-08-31 Turku AngliyaToʻliq Guruh oʻyini 2009-9-4 Xelsinki NorvegiyaToʻliq Chorak final 2013-yilgi Yevropa chempionati 2013-07-10 Goteborg DaniyaToʻliq Guruh oʻyini 2013-07-13 Goteborg FinlandiyaToʻliq Guruh oʻyini 2013-07-16 Halmstad ItaliyaToʻliq Guruh oʻyini 2013-07-21 Halmstad IslandiyaToʻliq Chorak final 2013-07-24 Goteborg GermaniyaToʻliq Yarim final
Yutuqlar
thumb|250px Klub
Linköpings FC
Damalsvenskan (1): 2009-yil Svenska Kupen (4): 2006, 2008, 2009, 2013–14 Svenska Superkubogi (2): 2009, 2010
Milliy terma jamoa
Shvetsiya
FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi oʻrin: 2011-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar