Six Apart (shuningdek, 6A qisqartma nomi bilan ham tanilgan)- Amerikadagi dasturiy taʼminot kompaniyasi.  Kompaniya San-Fransisko (AQSh) da joylashgan boʻlib, Fransiyaning Parij  va Yaponiyaning Tokio shaharlarida vakolatxonalariga ega.  Kompaniya 2001-yilda San-Fransiskoda tashkil etilgan.

„Six Apart“ kompaniyasi Movable Type blog platformasi, TypePad va Vox blog xostlariga egalik qiladi.  U mashhur Live Journal blog xizmatining sobiq egasi hamdir.

Tarix 2006-yil oktabr oyida Six Apart kompaniyasi Live Journal  onlayn-blog xizmatining kirillcha qismini boshqarishni Moskvadagi SUP xalqaro internet media kompaniyasiga  topshirdi.

2007-yil 3-dekabrda Six Apart Live Journal ni SUP ga sotdi.  Press-relizda qayd etilishicha, Live Journal  San-Fransiskoda faoliyatini davom ettiradi va Live Journalning operativ boshqaruvi bilan shugʻullanadi.

Mahsulotlar

Movable Type Movable type- bu Veb-bloglar nashrining dasturiy taʼminoti. Tizim 2001-yil 3-sentabrda eʼlin qilingan, 1.0 versiyasi esa 2001-yil 8-oktabrda ommaga taqdim etilgan. 2007-yil 12-dekabrdan boshlab Movable type bepul dasturiy taʼminot sifatida tarqalmoqda.

TypePad TypePad- bu http://www.typepad.com/ manzilida joylashgan veb-blog hosting xizmati.  2003-yil oktabr oyida ishga tushirilgan TypePad hozirgi kunda dunyodagi eng yirik pullik internet-kundalik nashri xizmati hisoblanadi.  TypePad Six Apart tomonidan chiqarilgan Movable Type texnologiyasiga asoslangan.

Vox Vox- bu ijtimoiy tarmoq elementlari orqali Veb-bloglarni joylashtirish xizmati.

Hozirgi paytda Vox xizmati mavjud emas.

Havolalar

SixApart)

Manbalar

Turkum: Jonli Jurnal