„Oʻrtar“ — oʻzbek xonandasi va aktyori Murodjon Ahmedov ijro etgan qoʻshiq. „Oʻtgan kunlar“ filmida yangraganidan keyin shuhrat qozongan. Qoʻshiq kuyini Ahmedovning oʻzi Mashrabning shu nomli gʻazaliga bastalagan. Oʻzbek tilidagi eng koʻp kaver qilingan qoʻshiqlarning biri.

Ahmedovning oʻgʻli Farhodjon Ahmedovning soʻzlariga koʻra, „Oʻtgan kunlar“ filmi rejissori Yoʻldosh Aʼzamov hamda film bastakori Manas Leviyev „Oʻrtar“ qoʻshigʻini film kulminatsiyasida ishlatishga qaror qilgan. Filmda qahramon Otabek suyuklisi Kumush hajrida figʻon chekib, cholgʻuchidan „ajralish“ kuyini ijro etishni soʻrashi ortidan „Oʻrtar“ qoʻshigʻi yangraydi.

Qoʻshiqni bir necha xonanda, jumladan, Kamoliddin Rahimov, Nasiba Abdullayeva, Shuhrat Qayumov, Jahongir Otajonov, Kaniza, Aziz Rajabiy, Dilnoza Ismiyaminova va boshqalar kaver qilgan. Yulduz Usmonova esa „Oʻrtar“ nomi bilan butunlay yangi qoʻshiq ijro etgan, ammo ashula muqaddimasida hamda xotimasida Ahmedov versiyasini qisqa kuylagan. Shuningdek, qoʻshiq Oʻzbekiston boʻylab tuzilgan musiqiy guruhlar, jumladan, maqom ansambllari repertuariga kiritilgan.

Tanqidchilar qoʻshiq „Oʻtgan kunlar“ filmi uchun ideal tanlangan, degan fikrni ilgari surgan. Xususan, Hojiakbar Hamidov qoʻshiq „kinoga juda uygʻun“, degan:

Manbalar

Havolalar

Kaniza ijrosidagi kaver

Turkum:Murodjon Ahmedov qoʻshiqlari Turkum:1969-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar