— qahva taʼmi va iforili shirin jele. Qahvali jele bir vaqtlar Britaniya va Amerika pazandachilik kitoblarida keng tarqalgan edi, ammo hozirda u Yaponiyada juda mashhur va uni koʻpchilik restoran va doʻkonlardan topish mumkin.Bundan tashqari, qahvali jele baʼzan Yaponiyadagi davlat maktablari oshxonalarida maktab tushliklari menyusiga kiritilgan.
Tarixi Qahvali jeli uchun retseptlar Angliyada 1817-yilda nashr etilgan oshxona kitoblarida paydo boʻlgan. Dastlabki retseptlarda qahvani buzoqdan tayyorlanadigan dildiroq jele va bilan aralashtirishni taklif qilingan. Qadoqlangan jelatin paydo boʻlganidan soʻng, koʻpchilik retseptlarda jelatinni issiq qahvalarda eritib, keyin qolipga quyish kerakligi aytilgan.
XX-asrning boshlarida qahvali jeleni issiq qahvaga nisbatan sogʻlom muqobil sifatida tavsiya etilgan, bunda jelatin ortiqcha oshqozon kislotasini yoʻqota oladi.
kompaniyasi 1918-yilda qahvali jele liniyasini ishga tushirdi, ammo shirinlik Yangi Angliyadan tashqarida keng mashhurlikka hech erisha olmadi. Bugungi kunda qahvali jelini hali ham Rhode Island, Massachusets va boshqa Nyu-England shtatlarida topish mumkin. 1827-yilda ochilgan Bostondagi Durgin-Park restoranida hali ham avvalgi kundan qolgan qahvadan tayyorlangan qahvali jeli taqdim qilinadi.
Yapon qahvali jelesi Taysho davrida (1912-1926) Yevropa jelesi turlariga taqlid sifatida ishlab chiqilgan. U Gʻarb modasi didiga ega boʻlgan zamonaviy yoshlarni oʻziga tortdi va qahva madaniyati bilan birga mashhur boʻldi. Qahvali jele Yaponiyada oʻz oʻrnini yoʻqotmayapti va butun mamlakat boʻylab keng tarqalgan. 2016-yilda Starbucks Yaponiyada frappuchino uchun qahvali jeli variantini ishga tushirdi.
Tavsifi Yapon qahvali jelesi agar-agarga qoʻshilgan shirin qahvadan tayyorlanadi, bu suvoʻtlaridan olingan jelatinga oʻxshash moddadir. Bundan tashqari, Yaponiyada qahvali jelening ustini koʻpirtirilgan qaymoq bilan bezatish mashhur. Yevropa va Amerika retseptlarida agar-agar oʻrniga anʼanaviy jelatin ishlatiladi.
Qahvali jele koʻpincha kubcha shaklda kesilib, turli shirinliklar, taomlar va ichimliklar bilan tortiladi. Qahvali jele kubchalari baʼzan sutli kokteyllar, alkogolsiz ichimliklar yoki sandey muzqaymoqlariga qoʻshiladi. Qahvali jele koʻpincha bir chashka issiq yoki yaxna qahvaga qoʻshiladi, taʼbga koʻra qaymoq va sirop qoʻshilishi mumkin. Quyultirilgan sutni idishdagi sovutilgan qahvali jele kublari ustiga quyiladi va qoshiq bilan isteʼmol qilinadi.
Madaniyat va sanʼatda Saiki K ning halokatli hayoti nomli manga va anime serialida bosh qahramon Saiki Kusuo hayotida faqat bitta zaif tomoni — bu qahvali jelega boʻlgan muxabbatidirThe Disastrous Life of Saiki K. Ch. 27. — „Ch.“ is shortened form for chapter and refers to a chapter number of The Disastrous Life of Saiki K. manga. Chapters preceded with a P refer to the one-shots that were later collected in Volume 0..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Jele Turkum:Qahvadan tayyorlanadigan shirinlikalar Turkum:Yapon shirinliklari