Iton chalkashligi, Iton tartibsizligi yoki Iton aralashmasi () - ingliz shirinligi. Bu rezavorlar aralashmasi (koʻpincha, qulupnay), beze va koʻpirtirilgan qaymoqdan iborat. U oʻz nomini, ehtimol, eng mashhur ingliz xususiy maktabi - Iton kolleji sharafiga olgan.
Itonda bunday shirinlik haqida birinchi yozma manba 1893-yil voqealariga toʻgʻri keladi Arthur Henry Beavan (1896). Marlborough House and Its Occupants: Present and Past. p. 162.. Taom Iton kolleji va uning raqobatchisi Xarrou xususiy maktabi oʻrtasidagi yillik kriket oʻyinidan soʻng taqdim qilingan. Xarrouda shunga oʻxshash taom "Harrow qorishmasi" deb nomlanadi, ammo bu nom u yerdan tashqarida uncha ommalashmagan.
1930-yillarda shirinlik muzqaymoq yoki koʻpirtirilgan qaymoq bilan qulupnay yoki banan aralashmasi ediWeir, Robin; Caroline Liddell; Peter Brears (1995). Recipes from the Dairy. London: National Trust. ISBN 0-7078-0243-1.. Muzqaymoq keyinchalik beze bilan almashtirildi. Iton qoorishmasini turli xil mavsumiy rezavorlar va mevalar bilan tayyorlash mumkin, ammo qulupnay eng anʼanaviy variant hisoblanadi. Iton chalkashligi piyola yoki stakanlarda yoki tekis tarelkada berilishi mumkin. "Iton chalkashligi" deb nomlangan tort ham bor (), unda ingrediyentlarning asl birikmasi (koʻpchitilgan qaymoq, beze, qulupnay) bir nechta yumshoq kekslar uchun qatlam boʻlib xizmat qiladi.
Shirinlik zamonaviy Britaniyada juda mashhur va ommaviy madaniyatga mustahkam kirib borgan. Shunday qilib, Britaniya ommaviy axborot vositalaridagi "Iton chalkashligi" atamasi Brexit atrofidagi voqealar bilan bogʻliq holda, Konservativ partiyadagi ichki siyosiy ziddiyatlarni anglatadi, ularning koʻp taniqli aʼzolari Iton kolleji bitiruvchilariНапример:Mason, Rowena. Tory minister attacks David Cameron's 'Eton mess' inner cabinet (18 March 2014). The Guardian. ISSN 0261-3077..
Yana qarang
Pavlova (desert).
Adabiyotlar
Darra Goldstein; Sidney Mintz; Michael Krondl; Laura Mason (2015). The Oxford Companion to Sugar and Sweets. Oxford University Press. pp. 243–. ISBN 978-0-19-931339-6. Smith, Michael (1973). Fine English Cookery. London: Faber and Faber. ISBN 0-571-10349-9. (Revised edition London: Serif, 1998, Foreword by Geraldene Holt; ISBN 978-1897959367.) Сookery daily. Анна Лавриненко. Итонская путаница. 1 июля 2015 Журнал "Коммерсантъ Weekend" №18 от 07.06.2019, стр. 35 «Eton mess». Еда с Еленой Чекаловой. Manbalar
Turkum:Desertlar Turkum:Ingliz oshxonasi